Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi

Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Foto: MiddleAsianNews
Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Batordagi markaziy maydonda norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilar Oyuun-Erdene Luvsannamsrayn hukumatining iste'fosini talab qilmoqda.

Qayd etilishicha, namoyishlar «Ozodlik alyansi» partiyasi tomonidan «Hukumat iste'foga chiqsin» «Oyuun-Erdenega iste'fo» shiorlari ostida oʻtmoqda. Mahalliy vaqt bilan soat 12:00 holatiga koʻra, maydonda 3 mingga yaqin odam toʻplangan.

Ma'lumotlarga koʻra, smogga qarshi kurashish va soliqlarni kamaytirishni talab qilayotgan namoyishchilar Ulan-Batordagi asosiy koʻchani toʻsib, 15 ta yoʻnalishdagi avtobuslar harakatini toʻxtatib qoʻygan.

«Oyuun-Erdene hukumati smog, tirbandliklar, qashshoqlik, korruptsiya, soliq va ishsizlik kabi muammolarni echishga qodir emasligini koʻrsatdi. Shuning uchun iste'foga chiqish maqsadga muvofiqdir», — deydi partiya vakillari. Ta'kidlanishicha, asosiy talablar bajarilmagunga qadar namoyishlar davom etadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar