Foto: Reuters
Ukraina armiyasi urush boshlanganidan buyon ilk bor tanklar boʻyicha ustunlikka erishdi. Bu haqda harbiy sharhlovchi Devid Aks ma'lum qildi. U har ikki tomonning tanklardan foydalanish taktikasini tahlil qilgan rossiyalik harbiy blogerning maqolasidan parchalarni keltiradi.
"Bizning tanklarimiz faqat yopiq oʻt ochish pozitsiyalaridan ishlashi mumkin. Toʻgʻridan toʻgʻri yoʻl-yoʻriq bilan ishlash va piyodalarni kuzatib borish ular uchun imkonsiz", degan rossiyalik harbiy bloger.
Buning asosiy sababini u Ukraina FPV-dronlarining juda samarali ishlashini aytgan. Agar rossiyaliklar tanklarni hujumga yuborishga urinsa, ukrainalik dronchilar odatda ularni oʻt ochish chizigʻiga yaqinlashganda yoqib yuboradi.
"Dushman oʻz dronlarining etarlicha ommaviyligi va xilma-xilligiga erishdi, ularni qoʻllash taktikasini takomillashtirdi. Shu sababli, taktik yoʻnalishda dushmanning kamida 2 ta zarba beruvchi dronlar (FPV) rotasi va 2 ta razvedka droni rotasi (bu harbiy qismlarning kopterlariga qoʻshimcha ravishda) mavjud boʻlsa, u bizning zirhli texnika va tanklarimizning harakat qilish imkoniyatini butunlay toʻsib qoʻyadi. Tanklar va BMP/BTRlar hujumga oʻtish marrasiga etib bora olmayapti — ular oldingi marradan 3-6 km uzoqlikda, bizning saflarimiz ichida yoʻq qilinmoqda", deydi bloger.
Ukraina tanklari, rus dronlaridan zarar koʻrsalar-da, toʻqnashuv liniyasida ancha koʻproq harakat erkinligiga ega. Blogerning ta'kidlashicha, Rossiya dronlari sezilarli darajada past samaradorlik koʻrsatmoqda, chunki ular elektron kurash tizimlariga nisbatan zaifroq. Yaxshi himoyalangan chastotalarda yoki optik tolalarda ishlaydigan bunday dronlar juda kam, shu sababli ular faqat ustuvor yoʻnalishlardagina qoʻllanilmoqda.
Ukraina tanklarini nafaqat yopiq oʻq otish pozitsiyalaridan, balki ikkinchi darajali yoʻnalishlarda toʻgʻridan-toʻgʻri qisqa muddatli oʻqqa tutish uchun ham ishlatish imkoniyatiga ega. Raqib yuqori moslashuvchanlikni namoyon etmoqda. Garchand ularga katta hududlarni ushlab turish uchun piyoda askarlar etishmasa-da, qoʻshinlarning texnologik turlari boʻyicha ular hamon jiddiy raqib boʻlib qolmoqda, deb ta'kidlaydi rossiyalik bloger.
♦ Ukrainaning urushni tugatish shartlari
Ukraina qoʻshinlarni 1991 yil chegaralariga olib chiqishni nazarda tutuvchi “tinchlik formulasi”ni amalga oshirishni talab qilmoqda. Gap 2014 va 2022 yillarda Rossiya tomonidan u erda oʻtkazilgan “referendumlar” va Ukrainaning Qrim, Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari noqonuniy anneksiya qilingani haqida ketmoqda. Moskva “tinchlik formulasi” asosida muzokaralar olib borish imkoniyatini istisno qiladi.
♦ Rossiya shartlari
Putin oʻt ochishni toʻxtatish uchun oʻz shartlarini ilgari surdi, jumladan, Ukraina qoʻshinlari oʻzini oʻzi mustaqil deb e'lon qilingan DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlaridan olib chiqilishi, ushbu toʻrtta hudud va Qrim goʻyoki xalqaro miqyosda Rossiyaning bir qismi sifatida tan olinishi, Ukrainaning NATOga a'zolikdan voz kechishi va sanktsiyalarni olib tashlash. Zelenskiy bu taklifni “ishonib boʻlmaydigan” ultimatum deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash oʻrniga sun'iy intellektdan foydalanishni afzal koʻrmoqda
Los Anjelesdagi yongʻin boy-u kambagʻalni birlashtirdi (foto)