06:46 / 14.01.2025
113

HAMAS va Isroil oʻrtasidagi kelishuv tafsilotlari ochiqlandi

HAMAS va Isroil oʻrtasidagi kelishuv tafsilotlari ochiqlandi
Falastinning HAMAS harakati Isroil bilan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha bitimning yakuniy loyihasiga e'tiroz bildirmadi.

Isroil tomoni HAMASdan rasmiy javob olganini hozircha tasdiqlamadi. Shu bilan birga, Channel 12 ma'lumotlariga koʻra, ikkala tomon ham garovdagilar va mahbuslarni ayirboshlashga tayyorgarlik koʻrmoqda.

HAMAS loyihani qabul qilgani haqidagi ziddiyatli xabarlar ortidan harakatning rasmiy manbasi 13 yanvar kuni bitim loyihasi maxsus yigʻilishda muhokama qilinishini ma'lum qilgandi. Nashr suhbatdoshining ta'kidlashicha, agar matnda falastinliklarni tashvishga solayotgan “asosiy masalalar” koʻtarilmasa, “munosabat ijobiy boʻladi”.

Foto: Anadolu
OAV ma'lumotlariga koʻra, 12 yanvar kuni Dohada boʻlib oʻtgan bilvosita muzokaralar davomida ilgari siljish kuzatilgan va 13 yanvar ertalab Qatar har ikki tomonga bitimning yakuniy matnini etkazgan. Unda Gʻazo sektoridagi garovdagilarni falastinlik mahbuslar evaziga ozod qilish, oʻt ochishni toʻxtatish, shuningdek, anklavni boshqarishning yangi tizimini muhokama qilishni oʻz ichiga olgan uch bosqichli kelishuv nazarda tutilgan.

EFE agentligi bitim 20 yanvargacha, ya'ni AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning lavozimga kirishish marosimigacha imzolanishi mumkinligini yozgan.

Axios nashri Isroil va Gʻazodagi oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha vositachilar 24 soat ichida sulh bitimi loyihasi va anklavda garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha HAMAS harakatining javobini kutayotgani haqida yozgandi.

Nashr jurnalistining aniqlik kiritishicha, “Isroil va vositachilar, xususan, Qatar, Misr va AQSh Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish va garovga olinganlarni ozod qilish toʻgʻrisidagi bitim loyihasi boʻyicha kelishuvga erishgan va u HAMASga yuborilgan”.

U bilan suhbatlashgan ikki isroillik amaldorning ta'kidlashicha, HAMASning javobi yaqin bir sutka ichida berilishi kutilmoqda.

Kelishuvga yaqinlashganga oʻxshaymiz. Soʻnggi kunlarda Isroilning qator masalalar boʻyicha pozitsiyasi juda moslashuvchan edi, ammo biz HAMASdan javob kutmoqdamiz va shundagina aniq bilamiz”, deya jurnalist suhbatdoshlaridan birining soʻzlarini keltirmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo