Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent shahridagi Prezident maktabi barqaror rivojlanish boʻyicha Shayx Zoid al Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning “Global oʻrta maktablar” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.
Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibining ma'lum qilishicha, mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid al Nahayon topshirdi.
Abu-Dabidagi taqdirlash marosimida BAAda rasmiy tashrifi bilan boʻlib turgan Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Davlat rahbari maktab vakillari bilan uchrashib, ularni gʻalaba bilan tabrikladi.
Zayed Sustainability Prize ekologik barqarorlik va inson farovonligiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni ragʻbatlantiradi. 2008 yilda BAA asoschisi Shayx Zayd bin Sulton al-Nahayyon merosini davom ettirish maqsadida ta'sis etilgan.
Mukofot 5 yoʻnalishda beriladi: sogʻliqni saqlash, ta'lim, energiya, suv va global maktablar. Har bir yoʻnalishda gʻoliblar barqarorlik loyihalari uchun moliyaviy yordam oladi. Jami fond — 3 million dollar.
Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari 150 maktabda yomgʻir suvini yigʻish boʻyicha loyiha ishlab chiqqan. Endilikda gʻolib jamoa 150 ming dollar grant oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”