Foto: Videodan kadr
Rossiyaning Krasnoyark shahridagi xalqaro aeroportda Oʻzbekiston fuqarosi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib Daryo xabar berdi.
Hodisa 13 yanvar kuni aeroportning birinchi qavatida yuz bergan. Oʻzbekiston fuqarosi 39 yoshli jabrlanuvchiga pichoq bilan bir necha bor zarba bergan. U ikki nafar guvoh va etib kelgan politsiyachilar tomonidan qoʻlga olingan. Jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilgan.
Oʻzbekistonlik erkakka nisbatan qotillikka suiqasd boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Rossiya Tergov qoʻmitasining Sharqiy mintaqalararo tergov boshqarmasi jabrlanganlar ikki kishi ekanini aytmoqda.
Hujum qilgan erkak 40 yoshli oʻzbekistonlik ekani aniqlangan, u xatti-harakatining sababini izohlay olmagan. Erkak pichoqni terminal kafelaridan birida olgan. Soʻroq paytida u mast holatda boʻlganini bildirgan. Oʻzbekiston fuqarosi hujum sodir boʻlishidan ikki kun oldin uyiga uchib ketish uchun Krasnoyarkka kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”