Isroil va HAMAS Qatardagi muzokaralarda Gʻazo sektori boʻyicha kelishuvga erishdi, deb xabar berdi The Times of Israel arab amaldorlariga tayanib.
“Isroil va HAMAS garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha kelishuvga erishdi”, deb yozadi gazeta.
Manbalarning fikricha, kelishuv chorshanba yoki payshanba kuni e'lon qilinadi, bu Isroil va HAMAS oʻrtasidagi muzokaralarda vositachi boʻlgan AQSh, Qatar va Misrning qoʻshma bayonoti boʻlishi kutilmoqda.
Delegatsiyalar kelishuv tafsilotlarini muhokama qilish uchun Dohada ishini davom ettirmoqda. Hali hal qilinishi kerak boʻlgan asosiy masalalardan biri — Isroil armiyasining Gʻazo hududidan chiqib ketishi hisoblanadi. Vositachilar Isroil tomonidan armiya olib chiqiladigan hududlar koʻrsatilgan xaritani kutmoqda.
Foto: Getty Images
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp joriy yilning 20 yanvar kuni oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan inauguratsiyasigacha Gʻazo boʻyicha kelishuv tuzish yuzasidan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga bosim oʻtkazayotgani ma'lum boʻldi.
Xabarlarga koʻra, Oq uy boʻlajak ma'muriyatining Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Stiv Uitkoff Netanyaxuga ushbu talabni etkazgan.
Nashr ma'lumotlariga koʻra, 11 yanvar kuni Uitkoff va Netanyaxu oʻrtasida “keskin muzokaralar” oʻtkazilgan.
Amaldorlarning aytishicha, maslahatlashuvlar davomida bu masaladagi “muhim boʻshliqlar” bartaraf etilgan. Isroil bosh vaziri 2024 yil mayda taqdim etilgan Isroilning uch bosqichli taklifining faqat birinchi bosqichida vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishni talab qilgan. Biroq, bitimning yakuniy variantida birinchi bosqich qolgan ikki bosqich bilan bogʻlangan. Nashr suhbatdoshlarining ta'kidlashicha, birinchi bosqich kuchga kirgandan soʻng, u Isroilning Gʻazoga hujumlarini davom ettirishini qiyinlashtiradigan qoidalarni oʻz ichiga olgan dastlabki taklifga yaqinroq boʻladi.
Dohada Qatar, Misr va AQSh vositachiligida HAMAS va Isroil oʻrtasida asirlarni ayirboshlash va Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha yakuniy kelishuvni ishlab chiqish maqsadida faol bilvosita muzokaralar davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi