19:00 / 15.01.2025
189

Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”

Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Foto: rutube.ru
NATO instruktorlari Ukraina harbiylarini tayyorlash jarayonida na faqat oʻz bilimlarini oʻrgatishga harakat qilmoqda, balki Ukraina mojarosidan kelib chiqqan yangi tajribalarni oʻrganishga ham ahamiyat qaratmoqda. Bu haqda Rossiya xavfsizlik kuchlariga bergan bayonotida qoʻlga olingan ukrainalik chegarachi ma'lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Asirlikdagi chegarachi ma'lum qilishicha, u 2023 yilning sentyabrida Britaniyaning Kambriyadagi "Warcope" harbiy bazasida tayyorgarlikdan oʻtgan. Uning soʻzlariga koʻra, mashgʻulotlarda 300 nafarga yaqin ukrainalik harbiy qatnashgan, ammo treningning sifati qoniqarsiz boʻlgan.

Bu oddiy KMB (boshlangʻich harbiy tayyorgarlik) kursi edi, unchalik yuqori darajada emas,” — deb ta'kidladi asir.

Shuningdek, ukrainalik harbiy Fransiyaning quruqlik qoʻshinlari asosiy oʻquv markazida ham mashgʻulot oʻtkazganini ma'lum qildi. Uning fikricha, NATOning oʻquv dasturlari Ukraina mojarosi sharoitiga, ayniqsa, dronlardan foydalanishga toʻliq mos kelmaydi.

Evropaliklar va britaniyaliklar dronlardan qanday foydalanish kerakligini tushunishmaydi. Ulardagi urush taktikalari eski, chunki ular asosan Afrikadagi badaviylarga qarshi amaliyotlar olib borishgan. Zamonaviy urush haqiqatlari ular uchun noodatiy va tushunarsiz,” — dedi u.

Asirning aytishicha, Britaniya va Fransiyadagi instruktorlar ukrainalik harbiylarni oʻrgatish jarayonida oʻzlari ham yangi narsalar oʻrganayotganini tan olgan.

Ular shunday deyishgan: 'Biz sizga oʻrgatganimizdan koʻra, siz bizga koʻproq narsani oʻrgatyapsiz'. Buni tajriba almashuv deb atashdi,” — deya qoʻshimcha qildi ukrainalik chegarachi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo