Foto: Prezident matbuot xizmati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga tashrifi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Koʻp qirrali hamkorlik va ustuvor yoʻnalishlardagi amaliy sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Bugun Oʻzbekiston-BAA munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga olib chiqqan oliy darajadagi tarixiy muzokaralar yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Kuni kecha Birlashgan Arab Amirliklarining etakchi kompaniya va xoldinglari rahbarlari bilan erishilgan kelishuvlar toʻliq amalga oshirilishi qoʻllab-quvvatlandi.
Uchrashuvda oʻzaro savdo va investitsiyalar hajmini yanada oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Uy-joy va transport infratuzilmasi, energetika, togʻ-kon sanoati, shaharsozlik, raqamlashtirish va boshqa sohalarni rivojlantirish boʻyicha kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Sun'iy intellekt borasida, shu jumladan soha mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbolli yoʻnalish sifatida belgilandi.
Eslatib oʻtamiz, BAA vitse-prezidenti «Manchester Siti» klubi xoʻjayini sanaladi. Ushbu klub Abduqodir Husanovni transfer qilish arafasida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi