Qatar bosh vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon at-Tani Isroil va HAMAS Gʻazo sektorida 2023 yil oktyabr oyidan beri davom etayotgan urushni tugatishga kelishib olganini tasdiqladi.
Shuningdek, kelishuv doirasida Falastin guruhi isroillik garovga olinganlarning bir qismini ozod qilishga rozi boʻldi.
Qatar muzokaralarda asosiy vositachilardan biri sifatida ishtirok etdi va tomonlarning bilvosita uchrashuvlari uchun oʻz hududini taqdim etdi.
Qayd etilishicha, sulh 19 yanvar, yakshanba kuni kuchga kiradi.
Axborot agentliklarining manbalari sulhning birinchi bosqichi olti hafta (42 kun) davom etishini xabar berishdi. Bu davrda Isroil qoʻshinlari Gʻazo sektoridan bosqichma-bosqich chiqib ketishlari kerak boʻladi va har kuni hududga insonparvarlik yordamidan iborat bir necha yuz yuk mashinalari kiritiladi.
Qatar bosh vazirining ta'kidlashicha, HAMAS oʻz navbatida birinchi bosqichda garovga olinganlardan 33 nafarini ozod qiladi. Isroil HAMAS jangarilari va uning ittifoqchilari qoʻlida qolgan garovga olinganlarning umumiy sonini 94 nafar deb hisoblagan, ulardan 34 nafari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar