Qirgʻizistonda 2023 yil xalqaro jinoiy doiralarda “Kolya-qirgʻiz” nomi bilan tanilgan mahalliy kriminal avtoritet Qamchi Koʻlboyev hibsga olinishi chogʻida oʻldirilgandi. Qirgʻizistonda Milliy xavfsizlik qoʻmitasi raisi Qamchibek Tashiyev u “davlat manfaati uchun” yoʻq qilinganini aytdi va Salimboyvachcha borasida ham gapirdi.
Tashiyvega koʻra, Qirgʻizistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi shunchalik yuqori boʻlganki, jinoyat olami vakillari “butun mamlakat boʻylab hokimiyatni egallab, davlatnikiga oʻxshash boshqaruv tizimini yaratgan”.
"Ularda prezident — qonundagi oʻgʻri va nazoratchilar bor edi. Viloyat, tuman va shaharlarda ular tadbirkorlardan pul undirardi. Bu kuchli tuzilma edi. Men qonundagi oʻgʻrini yoʻq qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga majbur boʻldim. Tushunasizmi, davlat manfaati uchun. Biz uni, keyinchalik esa uning sheriklari hamda uyushgan jinoiy guruhning (UJG) boshqa a'zolarini yoʻq qildik", dedi u.
Tashiyevning ta'kidlashicha, bugungi kunda mamlakat UJGlardan xoli, jinoyat olamida esa “hech narsa qolmagan”. U maxsus xizmat ulardan milliardlab dollarni “tortib olganini” qayd etdi.
"(Qirgʻiziston) Markaziy Osiyoda, hatto sobiq sovet davlatlari orasida ham UJG mavjud boʻlmagan yagona davlatdir. Hozir tadbirkorlar ilgarigidek hech kimga toʻlov qilmayapti. Ularni yoʻq qilganimizdan soʻng dastlabki paytlarda tadbirkorlar hatto kimga toʻlash kerakligini qidirib yurardi. Hatto bizning oldimizga ham kelardi", dedi MXQ raisi.
Salimboy haqida
Biroq, Tashiyev Qirgʻizistonda ta'sir doiraga ega boʻlgan boshqa mamlakatlarning jinoiyolam etakchilari ham boʻlganini aytdi. Gap Salim Abdivaliyev haqida bormoqda.
"Oʻzbekistondagi Salimboyvachcha mamlakatimizning janubini toʻliq nazorat qilardi. Janubda barcha UJG etakchilari, yirik tadbirkorlar, hatto siyosatchilar va parlament deputatlari ham uning oldiga borardi. U aytgan hamma narsani bajarishardi", dedi xavfsizlik qoʻmitasi raisi.
Toshiyev endi mamlakat “oʻz yoʻlida” rivojlanishiga ishonch bildirdi.
Qamchi Koʻlboyev oʻldirilishi
Qamchi Koʻlboyev 2023 yil 4 oktyabr kuni uni hibsga olish boʻyicha maxsus operatsiya vaqtida militsiya xodimlari tomonidan oʻldirildi. U maxsus operatsiya vaqtida “oʻqotar quroldan foydalangan holda qurolli qarshilik koʻrsatgan” va javob oʻqidan halok boʻlgan.
Oʻlimdan soʻng, Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi kriminalistlar vakillarini faol ravishda hibsga ola boshladi. Koʻlboyevning 40 dan ortiq faol a'zolari va rahbarlari qoʻlga olindi. Ular orasida ayrim tadbirkorlar ham bor edi.
Shuningdek, Koʻlboyevning noqonuniy yoʻl bilan qoʻlga kiritgan barcha aktivlari xatlandi, ularning umumiy qiymati taxminan 1 milliard dollarni tashkil etdi.
Salimboydan Qirgʻiziston prezidenti va Tashiyveni oʻldirishda yordam soʻralgan
2024 yil prezident Sadir Japarov sobiq deputat Emil Jamgʻirchiyev 2022 yilning dekabr oyida noqonuniy tarzda Oʻzbekistonga oʻtib, Toshkentga kelib, Salim Abduvaliyevdan yordam soʻraganini aytdi.
U Salimboy laqabli kriminal avtoritet Salim Abduvaliyev bilan uchrashib, 'ikki doʻst'ni yoʻq qilishga yordam berishni soʻragan. Tegishli fakt boʻyicha tergovni Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xodimlari Oʻzbekiston maxsus xizmatlari bilan birgalikda olib borgan. Natija qanday boʻlishi meni xavotirlantirmagandi, — degan Qirgʻiziston prezidenti.
Kaktus.media nashrining ta'kidlashicha, qirgʻizistonliklar mamlakat prezidenti Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari Qamchibek Tashiyevni “ikki doʻst” deb atashadi.
Salim Abduvaliyev haqida
Salimboy nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev 1950 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, ma'lumoti oliy, jamoatchilik asosida Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari va Oʻzbekiston sport kurashlari assosiatsiyasi raisi lavozimlarida ishlagan.
U 2023 yilning dekabrida Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida qoʻlga olingandi. Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (oʻqotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) bilan gumon qilinuvchi tarzida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.
2024 yil 19 mart kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida Salim Abduvaliyevga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e'lon qilindi.
Foto: Jahongir Latipov / YouTube
Unga muvofiq Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketgani sababli jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, jinoyat ishining shu qismi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi (ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) 1-qismi 1-bandiga asosan tugatildi.
Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtash belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar