Foto: Anadolu
Suriyaning yangi hukumati Turkiya tovarlari importiga bojlarni 300-500 foizga oshirdi. Bu haqda Ekonomim xabar berdi.
Buning oqibatida Turkiyadan arab respublikasiga eksport deyarli toʻxtadi, bu esa sohada faoliyat yuritayotgan kompaniyalar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Shuningdek, chegarada turnaqator navbatlarga olib keldi.
Janubi-Sharqiy Anadolu eksportchilari uyushmasi raisi Jalol Kadogluga koʻra, ilgari Suriyaga oylik eksport hajmi taxminan 30 million dollarni tashkil etgan. Ammo hozirda bu butunlay toʻxtab qolgan.
“Vaziyat, ayniqsa, Suriyaga tovar etkazib berishga ixtisoslashgan kompaniyalar uchun ogʻriqli, chunki ular oʻz mahsulotlarini qisqa vaqt ichida boshqa bozorlarga yoʻnaltira olmaydi”, dedi u.
Turkiyalik sharhlovchilarning yozishicha, muammo allaqachon siyosiy kun tartibiga qoʻyilgan. Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Suriya muvaqqat hukumati vakillari bilan uchrashuvda boj masalasini muhokama qilishi kutilgandi.
Endi koʻplab eksportchilar savdoni tiklash va zararni minimallashtirish uchun muammoning tezda hal qilinishini kutmoqda. Bu Turkiya va Suriya oʻrtasida iqtisodiy munosabatlardagi qiyinchiliklarni koʻrsatmoqda.
Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon mamlakatining Suriya inqiroziga aralashuvi nafaqat oʻzini oqlagan, balki zaruriy qadam ekanini ta'kidlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar