09:38 / 18.01.2025
91

Isroil hukumati Hamas bilan kelishuvni tasdiqladi

Isroil hukumati Hamas bilan kelishuvni tasdiqladi
Foto: voanews.com
Isroil hukumati Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish va garovga olganlarni ozod qilish boʻyicha Hamas guruhi bilan kelishuvni nihoyat tasdiqladi. Bu haqda 18 yanvar, shanbaga oʻtar kechasi bosh vazir Binyamin Netanyahuning idorasi xabar berdi.

Bosh vazir idorasi oʻt ochishni toʻxtatish va garovga olinganlarni ozod qilish 19 yanvar, yakshanba kuniyoq boshlanishini aytdi. Vazirlar mahkamasi yigʻilishi sakkiz soat davom etdi.

Amerikaning Axios portaliga koʻra, Netanyahu koalitsion hukumatidagi 24 vazir kelishuv uchun ovoz bergan, sakkiz nafari qarshi chiqqan. AP agentligi ta'kidlaganidek, hukumat yigʻilishi yahudiylarning shabat kuni ishlamaslik an'analariga zid ravishda oʻtkazildi, bu faqat istisno hollarda boʻladi.

Garovga olinganlarni ozod qilish evaziga sulh

Avvalroq Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi mamlakat hukumatiga Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish va garovga olinganlarni ozod qilishga qaratilgan Hamas bilan kelishuvni qabul qilishni tavsiya etgan edi. Shundan soʻng kelishuv vazirlar mahkamasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etildi, deya ma'lum qildi 17 yanvar, juma kuni bosh vazir Binyamin Netanyahuning idorasi.

15 yanvar kuni Isroil va Falastinning Hamas guruhi vakillari oʻt ochishni toʻxtatish va garovga olinganlarni almashish boʻyicha kelishuvga erishgani ma'lum boʻldi. Kelishuv birinchi bosqichda 42 kunlik otashkesim va Gʻazo sektorida garovga olinganlarning bir qismini ozod qilishni koʻzda tutadi. Bunga javoban har bir Isroil fuqarosi uchun 30 falastinlik mahbus va har bir askar uchun 50 falastinlik ozod qilinishi kerak.

17 yanvar kuni Isroil ommaviy axborot vositalari kelishuvning birinchi bosqichi doirasida Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik mahbuslarga almashtirilishi kutilayotgan 33 kishidan iborat roʻyxatni e'lon qildi. Isroil rasmiylarining fikricha, roʻyxatdagilarning aksariyati tirik, ammo garovga olinganlarning ahvoli haqida aniq ma'lumot yoʻq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo