date
views 325

Eron Oliy sudi binosi oldida ikki sudya otib oʻldirildi

Eron Oliy sudi binosi oldida ikki sudya otib oʻldirildi
Tehrondagi Eron Oliy sudi binosi yonida otishma yuz berdi. Ikki sudya halok boʻldi, ularning bir qoʻriqchisi yaralandi. Mahalliy ma'murlar hodisani terakt sifatida baholadi, deb xabar berdi IRNA agentligi.

Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, qurollangan hujumchi oʻz joniga qasd qilgan. Uning hujumi sabablari hali aniqlanmagan. Marhumlar Oliy sudning 39 va 53-boʻlimlari rahbarlari boʻlishgan.

Ta'kidlanishicha, sudyalar milliy xavfsizlikka qarshi jinoyatlar, josuslik va terrorizmga oid ishlarni koʻrgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Oliy sudi binosi oldida ikki sudya otib oʻldirildi