Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official
Shimoliy Koreya aprel oyi oʻrtalariga qadar Kursk oblastida Rossiya tomonidagi janglarda butun harbiy kontingentini yoʻqotishi mumkin, deb xabar berdi Amerika urushni oʻrganish instituti (ISW) 16 yanvar, payshanba kuni Ukraina va Janubiy Koreya razvedkasi ma'lumotlariga tayanib.
Janubiy Koreya va Pentagon razvedka ma'lumotlariga koʻra, Pxenyan oktyabr oyida Kursk oblastiga 10-12 ming askar yuborgan va bir oy oʻtib ular Ukraina Qurolli kuchlari bilan ilk janglarini boshlagan. Yanvar oyi boshiga kelib, Janubiy Koreya razvedkasi ma'lumotlariga koʻra, Shimoliy Koreyaning 300 askari halok boʻlgan, yana 2700 nafari yaralangan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bundan ham koʻproq — 3800 askar halok boʻlgani yoki yaralanganini bildirdi. Shunday qilib, ISW tahlilchilarining hisob-kitoblariga koʻra, shimoliy koreyaliklar kuniga 92 kishini yoʻqotishi mumkin. Bu butun guruh yana 12 haftaga etishini anglatadi. Yaralangan Shimoliy Koreya askarlarining frontga qaytish-qaytmasligi noma'lum.
Yuqori yoʻqotishlar sabablari
Janubiy Koreya razvedkasi KXDR harbiylarining katta yoʻqotishlarini «zamonaviy urush usullarini tushunmaslik», shuningdek, Kursk oblastida Shimoliy Koreya askarlariga asirga tushish tahdidi boʻlsa, oʻz joniga qasd qilishga buyruq berilgani bilan izohladi. 11 yanvar kuni Zelenskiy Ukraina harbiylari KXDRning birinchi askarlarini tiriklayin qoʻlga olishga muvaffaq boʻlganini ma'lum qildi.
Shundan soʻng Ukraina prezidenti KXDR etakchisi Kim Chen Inga harbiy asirlarni Rossiya asirligida saqlanayotgan Ukraina Qurolli kuchlari askarlariga almashtirishni taklif qildi. «Shimoliy Koreyadan qaytishni istamagan askarlar uchun boshqa yoʻllar ham boʻlishi mumkin. Xususan, bu urush haqidagi haqiqatni koreys tilida tarqatish orqali tinchlikni yaqinlashtirish istagini bildirgan koreyslar shunday imkoniyatga ega boʻladilar», — deydi Zelenskiy. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar