AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) sobiq xodimi Asif Rahmon Isroil harbiylarining Eronga qarshi hujumiga tayyorgarlik koʻrayotgani toʻgʻrisidagi oʻta maxfiy ma'lumotlarni sizdirgani boʻyicha oʻz aybini tan oldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Noyabr oyida AQSh hukumati Rahmonga Isroilning Tehronga raketa hujumlarini amalga oshirmoqchiligi toʻgʻrisidagi maxfiy hujjatlarni oshkor etgani boʻyicha ayblov e'lon qilgandi.
«Rahmon AQSh okrug sudida milliy mudofaa ma'lumotlarini oshkor etishga oid ikkita holat boʻyicha aybiga iqror boʻldi», — deyiladi xabarda.
Hukm 15 may kuni chiqariladi. MRBning sobiq xodimi 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Pentagonning Isroilni Eronga uyushtiradigan hujumiga oid rejalari toʻgʻrisida oʻta maxfiy ma'lumotlari oktyabr oyida sizib chiqqandi. Hujjatlarda Isroil Mudofaa kuchlari hujum doirasida foydalanishi mumkin boʻlgan samolyot va snaryadlar turlari haqida soʻz boradi. Hisobotlarning birida ta'kidlanishicha, AQSh Isroil hujum vaqtida yadroviy quroldan foydalanishni rejalashtirayotgani boʻyicha hech qanday belgini koʻrmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar