Foto: Oʻzbekistonning Istanbuldagi konsulxonasiTurkiyada oʻzbekistonliklarni fohishalik uchun sotib yuborgan ayol qoʻlga olindi. Bu haqda
Istanbul shahridagi Bosh konsulxona xabar
bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Oʻzbekiston va
Turkiya Ichki ishlar vazirligi hamkorligida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, IIV tomonidan qidiruvda boʻlgan Oʻ.S. Toshkent shahriga deportatsiya qilingan.
1990 yilda tugʻilgan mazkur ayol chet elda qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston fuqarolarining hujjatlarini olib qoʻygan va shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan.
“
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy boʻlinmalariga murojaat qilish soʻraladi”, deyiladi xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Xato topdIngizmi
Iborani ajratib
Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar »
Dunyo » Turkiyada oʻzbekistonliklarni fohishalik uchun sotgan ayol qoʻlga olindi