22:11 / 19.01.2025
216

Isroilning HAMAS bilan kelishuvi tufayli uch vazir iste'foga chiqdi

Isroilning HAMAS bilan kelishuvi tufayli uch vazir iste'foga chiqdi
Foto: Anadolu
Isroilning uch nafar vaziri HAMAS bilan erishilgan kelishuvga norozilik sifatida iste'foga chiqdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir oʻt ochishni toʻxtatish bitimi tuzilgandan soʻng iste'foga chiqqanini aytdi. U rahbarlik qilayotgan oʻta oʻng qanot “Otzma Exudit” partiyasi tegishli bayonot berdi.

Ben-Gvir Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni “barcha mafkuraviy qizil chiziqlarni kesib oʻtganlikda” aybladi. Vazir HAMAS bilan kelishuvni “terrorizmning toʻliq gʻalabasi” deb atadi.

Shuningdek, Ben-Gvirning hamkasblari — meros vaziri Amixay Eliyagu va milliy barqarorlik boʻyicha vazir Isxak Vasserlauf iste'foga chiqdi.

“Otzma Exudit” hukmron koalitsiyadan chiqqanini e'lon qildi. Partiya agar Isroilning HAMASga qarshi harbiy harakatlari qayta tiklansa va toʻliq gʻalaba qozonilgunga qadar davom etsa, ortga qaytishga tayyorligini bildirdi.

Bitimni hukumatning yana bir a'zosi — moliya vaziri va “Diniy sionizm” partiyasi etakchisi Betsalel Smotrich tanqid qildi. Netanyaxu ikkala vazir bilan ham uchrashdi. Shundan keyin Smotrich hukumat tarkibidan chiqmaslikka va'da berdi.

“Otzma Exudit”ning chiqishi hukmron koalitsiyaning qulashiga va muddatidan oldin saylovlarga olib kelmaydi. Biroq Smotrich agar hukumat jangovar harakatlarni tiklash oʻrniga sulhning birinchi bosqichidan ikkinchi bosqichiga oʻtishga qaror qilsa, koalitsiyadan chiqishni va'da qiladi.

Isroil va HAMAS Gʻazo sektorida 15 oylik jangovar harakatlardan soʻng sulh tuzishga kelishib oldi. Oʻt ochishni toʻxtatish va garovga olinganlarni ozod qilishni oʻz ichiga olgan birinchi bosqich 19 yanvar kuni boshlandi. Dastlabki bosqichda HAMAS garovdagilar evaziga Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo