14:45 / 20.01.2025
86

Umra va haj ziyoratchilariga emlanish talab etiladi

Umra va haj ziyoratchilariga emlanish talab etiladi
Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi infeksiyalar tarqalish xavfi yuqori bo‘lgani sababli barcha umra va haj ziyoratchilariga meningokokk meningitiga qarshi emlash majburiyatini yukladi deb yozmoqda Saudiya nashriga tayanib Daryo.

2025 yil 1 fevraldan boshlab, viza turidan qat’i nazar, Saudiya Arabistoni hududiga kelayotganlarga meningitga qarshi emlash talab etiladi. Yo‘lovchilar to‘rt komponentli Neisseria vaksinasi, polisaxarid yoki konyugirlangan vaksina bilan emlanishlari shart.

Ular to‘rt komponentli vaksina uchun kelishlaridan kamida o‘n (10) kun oldin, polisaxarid vaksina uchun uch (3) yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda yoki konyugirlangan vaksina uchun besh (5) yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda berilgan emlash sertifikatiga ega bo‘lishi lozim.

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga emlash talab qilinmaydi. Emlanishni sayohatdan kamida 10 kun oldin rejalashtirish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo