20:21 / 20.01.2025
439

Ukrainada ikki general va bir podpolkovnik qoʻlga olindi

Ukrainada ikki general va bir podpolkovnik qoʻlga olindi
Foto: Apostrof
Ukraina Davlat tergov byurosi 2024 yilda ruslarga Xarkov viloyatining bir qismini bosib olishga yoʻl qoʻyib bergan generallarni hibsga oldi, deb yozmoqda Xabar.uz nashri.

Davlat tergov byurosi (DTB) Ukraina Xavfsizlik xizmati bilan birgalikda Rossiya harbiylariga Xarkov viloyati hududining bir qismini bosib olishga imkon berishda gumon qilinayotgan sobiq qoʻmondonlar: ikki general va bir polkovnikni hibsga oldi.

Bundan tashqari, Davlat tergov byurosining xabar berishicha, qoʻmondonlarning xatti-harakatlari shaxsiy tarkib va ​​qurol-yarogʻlarning yoʻqolishiga olib kelgan va ular javobgar boʻlgan hududda davlat chegarasini himoya qilish choralarini buzgan.

"Ukraina haqiqati" nashrining yozishicha, gap brigada generali Yuriy Galushkin, general-leytenant Artur Gorbenko va polkovnik Ilya Lapin haqida ketmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo