Foto: Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi
Oʻsh viloyatida 28 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi ijtimoiy tarmoq orqali ekstremistik materiallarni tayyorlash va tarqatishda gumonlanib qoʻlga olindi. Bu haqda Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi hamda Oʻsh viloyati IIB hamkorligida oʻtkazilgan internetni monitoring va tahlil qilish boʻyicha qoʻshma tezkor tadbirlar davomida u Instagram va TikTok sahifalariga ekstremistik, terroristik mazmundagi materiallarni e'lon qilib kelgani aniqlangan.
Holat yuzasidan toʻplangan materiallar jinoyat alomatlari boʻyicha jinoyatlarning yagona reyestrida roʻyxatga olingan. Ekspertiza materiallar Qirgʻiziston hududida taqiqlangan IShID xalqaro terrorchilik tashkilotiga tegishli ekanini koʻrsatgan.
Maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar aniqlagan ma'lumotlarga koʻra, gumonlanuvchi 1997 yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi Sh.N. boʻlib, u jihod xarakteridagi audio «nashida«larni ayollarning diniy bosh kiyimi — «niqob«ni reklama qilgan videoga joylab ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilgan va sotgan.
Hozirda ayol vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan, holat boʻyicha tezkor-tergov tadbirlari davom etmoqda.
Avvalroq Oʻzbekiston Oliy sudi diniy ekstremistik va terroristik gʻoyalar bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan hamda Oʻzbekistonga olib kirish, tayyorlash, saqlash va tarqatish taqiqlangan 1400 ga yaqin manbalar roʻyxatini e'lon qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar