Isroil hukumati Livan yoki boshqa mamlakatlar va mintaqalarda Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) tomonidan qoʻlga olingan Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni Ukrainaga topshirishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda 21 yanvar, seshanba kuni Ukrainaning Tel-Avivdagi elchixonasi oʻzining Facebookʼdagi sahifasida Ukrainaning Isroildagi elchisi Evgeniy Korniychuk va Isroil tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sharren Xaskel oʻrtasidagi uchrashuvdan soʻng ma'lum qildi.
Foto: Amir Cohen/REUTERS
«Ushbu tashabbus har ikki davlat duch kelayotgan umumiy tahdidlarni tan olish yoʻlidagi muhim qadamdir. Ukraina tomoni bu masala ijobiy hal etilishiga umid bildirdi», deb yozadi diplomatik missiya.
Ukraina va Isroil uchun umumiy chaqiriqlar
Bundan tashqari, uchrashuvda «ikki davlat uchun mavjud umumiy chaqiriqlar, xususan, Ukraina va Isroil milliy xavfsizligiga tahdid soladigan Eron va Rossiya oʻrtasidagi harbiy hamkorlik» muhokama qilindi.
Kun tartibiga, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish, shuningdek, iqtisodiy, konsullik va gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari ham kiritilgan, deyiladi Ukraina elchixonasi bayonotida.
Avvalroq Evgeniy Korniychuk Rossiya hujumidan himoyalanayotgan Ukraina Livan va Gʻazo sektorida Isroil armiyasi tomonidan qoʻlga olingan Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni olishga umid qilayotganini ma'lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar