Foto: avrussia.ru
Fransiya tergov sudyalari Suriyaning hokimiyatdan agʻdarilgan etakchisi Bashar Asadni hibsga olishga order berdi. U harbiy jinoyatlarga sheriklikda, xususan, fuqarolarga qasddan hujum qilishga aloqadorlikda gumon qilinmoqda, deb yozadi Reuters.
Mandat 2017 yil 7 iyun kuni Suriyadagi bombardimon oqibatida halok boʻlgan Saloh Abu Naburga nisbatan olib borilgan tergov ishi doirasida berilgan. Frantsuz sud organlarining hisoblashicha, Asad ushbu hujumni amalga oshirish buyrugʻini bergan va hujum uchun kerakli vositalarni taqdim etgan.
Ta'kidlanishicha, bu Suriya sobiq prezidentini hibsga olish uchun Fransiya sudyalari tomonidan berilgan ikkinchi order hisoblanadi. 2023 yil noyabrda ham frantsiyalik sudyalar Asadni insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlarga aloqadorlikda ayblab, hibsga olish orderini bergan. Bu 2013 yil avgustda Duma va Sharqiy Gʻuta hududlaridagi kimyoviy hujumlardan keyin sodir boʻlgan — hujum oqibatida mingdan ortiq inson halok boʻlgan edi.
Asadning oʻzi 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushida raqiblariga qarshi kimyoviy qurol qoʻllaganini rad etgan.
Eslatib oʻtamiz, 8 dekabr kuni Suriyada hokimiyat tepasiga «Hay'at Tahrir ash-Shom» guruhi keldi. 10 dekabr kuni Muhammad al-Bashir oʻtish davri hukumati rahbari etib tayinlanganini e'lon qildi. Bashar Asad esa mamlakatdan Rossiyaga qochib ketdi. RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga koʻra, Asad oilasiga boshpana berish qarorini shaxsan Putinning oʻzi qabul qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar