Netflix tarixidagi eng koʻp koʻrilgan 6 ta film (treyler)

Dunyo1 daqiqa o'qish2.8K
Netflix tarixidagi eng koʻp koʻrilgan 6 ta film (treyler)
Netflix — mashhur va original filmlarni namoyish qiluvchi, millionlab tomoshabinlar auditoriyasiga ega platforma. Ushbu filmlar ekshnga boyligi va iste'dodli aktyorlari tufayli haqiqiy xitga aylandi. Agar hali ularni koʻrishga ulgurmagan boʻlsangiz, hozir ayni vaqti.

“Dunyoni ortda qoldirib” (Leave the World Behind, 2023)

Long-Aylenddagi ijaraga olingan uyda dam olayotgan oilani sirli voqealar tinchligini buzadi. Gʻalati mehmonlar va xavotirli voqealar qahramonlarni omon qolish uchun kurashishga majbur qiladi. Filmdagi psixologizm va keskin muhit tomoshabinlarni oʻziga jalb qiladi.

“Kulrang odam” (The Gray Man, 2022)

FQBning “Serra Olti” (Rayan Gosling) bitiruvchisi tashkilotining mudhish sirlarini bilib qolganida haqiqiy ov boshlanadi. Sobiq agent Lloyd Xansen (Kris Evans) qahramonni yoʻq qilish uchun har narsaga tayyor. “Qasoskorlar” muxlislari uchun aka-uka Russolardan hayratlanarli jangari filmi. Aktyorlarning mahorati, dinamik sahnalar va Evansning dahshatli qiyofasi tomoshabinlarda unutilmas taassurot qoldiradi.

“Biz qahramon boʻlishimiz mumkin” (We Can Be Heros, 2020)

Yosh super qahramonlar oʻz ota-onalari va butun dunyoni ularga raxna solayotgan tahdiddan qutqarish uchun birlashadi. Robert Rodrigesning ushbu filmi bolalar auditoriyasi uchun moʻljallangan boʻlib, yoshlarni jasoratga undaydi. Film nafaqat yosh tomoshabinlar uchun, balki oilaviy tomosha qilish uchun ham ayni muddao.

“Ona” (The Mother, 2023)

Sobiq agent (Jennifer Lopez) qizini qutqarish uchun yana ishiga qaytadi. FQB agenti bilan birgalikda u oʻgʻrilarni qoʻlga tushurishni rejalashtiradi. Syujet oddiy boʻlsa-da, Lopesning keskinligi va xarizmatik roli filmni tomoshabopligini oshiradi.

“Shaffof piyoz: Detektiv Benua Blan” (Glass Onion: A Knives Out Mystery, 2022)

Detektiv Benua Blan (Daniel Kreyg) hashamatli Gretsiya orolida tergov olib boradi. Jumboqlar, fitnalar va kutilmagan burilishlar tergovni yanada murakkablashtiradi. Yorqin aktyorlar, sirli jumboqlar va oldindan nima boʻlishini taxmin qilib boʻlmaydigan syujet. Bu shunchaki detektiv film emas, balki zukkolikka toʻla intellektual oʻyin.

“Tayler Reyk: Qutqaruv operatsiyasi” (Extraction, 2020)

Yollanma askar Tayler Reyk (Kris Xemsvort) hind narkobaronining oʻgʻlini qutqarishga harakat qiladi. Aql bovar qilmaydigan tryuklar, keskinlik va uzluksiz harakat filmni yanada boyitgan. Dinamik jangari film ishqibozlari uchun ideal tanlov.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?