Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar oʻtkazishga tayyor ekanini, ammo uni yakuniy tinchlik bitimini imzolashi mumkin boʻlgan legitim prezident deya hisoblamasligini ma'lum qildi.
«Har kim bilan muzokaralar oʻtkazish mumkin, ammo u [Zelenskiy] nolegitim boʻla turib, biror narsaga imzo chekishga haqli emas. Agar u muzokaralarda ishtirok etmoqchi boʻlsa, men ushbu muzokaralarni olib boradigan odamlarni ajrataman», — deydi Putin VGTRK muxbiri Pavel Zarubinga.
Putin, shuningdek, muzokaralar boshlanishidan oldin Zelenskiyning Rossiya hukumati bilan muzokara olib borishni taqiqlovchi farmoni bekor qilinishi kerakligini ta'kidladi. Uning fikricha, Ukraina prezidentining oʻzi buni amalga oshira olmaydi, chunki u nolegitim — biroq Oliy rada raisi buni qila oladi.
Putin yana bir bor «gʻarbdagi homiylar» urushni toʻxtatishni istayotgani, ular Ukrainaga bosim qilishi va «huquqiy masalalarni yopishi» mumkinligi toʻgʻrisidagi qarashlarini bildirdi.
Zelenskiy 2022 yil oktyabrda Putin bilan muzokaralar oʻtkazishni taqiqlovchi farmonni imzolagan edi. 2025 yil 26 yanvar kuni Zelenskiy uning farmoni oʻzidan boshqa hamma uchun muzokaralarni taqiqlashni nazarda tutganini ma'lum qildi. «Men Ukraina prezidentiman, men u yoki bu muzokaralar etakchisiman va men boshqalarga taqiqlaganman», — dedi u.
Vladimir Zelenskiyning besh yillik prezidentlik vakolati 2024 yil mayda yakuniga etgan — shundan beri Rossiya propagandasi va hukumati uning «nolegitimligi» toʻgʻrisidagi tezislarni ilgari surib keladi. Ukrainaning oʻzida bu borada konsensus mavjud, urush davom etarkan, Zelenskiy davlat rahbariligicha qoladi.
Avvalroq «Strana.uaa» urushni 100 kun ichida yakunlash rejasini e'lon qilgandi — unda Pasxa kunlarida oʻt ochishni toʻxtatish, Ukraina qurolli kuchlarini Kursk oblastidan olib chiqish hamda 9 maygacha tinchlik deklaratsiyasi tuzilishi koʻrsatilgan. Ukraina prezidenti ofisi esa materialni «rossiyaliklar tarqatadigan safsata» deb atagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar