06:00 / 03.02.2025
333

Isroil prokuraturasi Netanyahuning rafiqasiga qarshi tergov boshladi

Isroil prokuraturasi Netanyahuning rafiqasiga qarshi tergov boshladi
Foto: The Independent
Isroil davlat prokuraturasi bosh vazir Binyamin Netanyahuning rafiqasi Saraga nisbatan jinoiy tergov boshlanganini rasman e'lon qildi. U turmush oʻrtogʻining ishlari boʻyicha muhim guvohlarga qarshi kampaniya tashkillashtirish, shuningdek, sud jarayoniga aralashishda gumonlanmoqda.

Qayd etilishicha, tergov 12 telekanalining reportajidan keyin boshlangan. Jurnalistik surishtiruvga koʻra, Sara Netanyahu bosh vazirning sobiq yordamchisi Xanni Bleyvaysdan Binyamin Netanyahu ishi boʻyicha muhim guvoh — Xadas Klyaynga qarshi norozilik va onlayn kampaniya tashkillashtirishni soʻragan.

Tergovga politsiyachilar va Isroil Bosh prokuraturasining kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari jalb etilgan. Bosh prokuror Gali Baharav-Miara tergovni boshlash koʻrsatmasini 26 dekabrda bergan. Sara Netanyahuning advokati ishni «siyosiylashtirilgan jodugarlar ovi» deb atagan.

2019 yilda Sara Netanyau 50 ming dollarga yaqin davlat mablagʻlarini maqsadsiz sarflaganlikda aybdor deb topilgan edi. Oʻshanda bosh vazirning rafiqasi 15 ming dollar jarimaga tortilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yil noyabrda Xalqaro jinoyat sudi Netanyahuni hibsga olishga order bergandi. XJS Isroil bosh vaziri Binyamin Netayahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni Gʻazo sektoridagi harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumonlamoqda.

Joriy yilning 27 yanvar kuni Binyamin Netanyahu poraxoʻrlik, firibgarlik va jamoatchilik ishonchini suiiste'mol qilish boʻyicha qayta boshlangan uchta ish boʻyicha eshituvlarda ishtirok etish uchun Tel-Aviv okrug sudiga etib kelgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo