12:46 / 03.02.2025
144

Mashhur Fil laqabli sugʻur bahor qachon kelishiga ishora berdi

Mashhur Fil laqabli sugʻur bahor qachon kelishiga ishora berdi
Amerikalik mashhur ob-havo bashoratchisi — Fil laqabli sugʻur bahor qachon kelishiga ishora berdi.

«Sugʻur kuni» filmi orqali koʻpchiligimizga ma'lum bu jonivor AQShning Pensilvaniya shtatidagi Panksatoni shaharchasida yashaydi.

2025 yilning 2 fevral kuni uyasidan chiqayotib oʻz soyasini koʻrib qolgan Fil ortiga qaytib kirib ketdi, bu qish yana olti hafta davom etishini anglatadi.

Aytishlaricha, Sugʻur kuni an'anasi 1886 yildan beri mavjud. Har yili 2 fevralda panksatoniliklar Fil yashayotgan joy tomon otlanishadi. Agarda sugʻur oʻz soyasini koʻrib qolsa, qish yana olti haftaga choʻziladi, aks holda esa bahor erta keladi.

Albatta, bu shunchaki an'ana. Filning bashoratlari koʻpincha xato chiqadi. Haqiqiy bahor esa martning 20-sanalaridan (bizning talqinda Navroʻz yoki hamal kirganidan) boshlanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo