21:11 / 04.02.2025
157

Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga yetib bordi
Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4 fevral kuni kechqurun rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida Oʻzbekiston prezidentini Malayziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri Johari bin Abdul, ta'lim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Oʻzbekiston etakchisining tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi.

Shavkat Mirziyoyev aeroportda Malayziya parlamenti spikeri bilan uchrashuv oʻtkazdi. Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Parlamentlar doirasida faol hamkorlik va almashinuvlarni davom ettirish, oʻzaro tashriflar va doʻstlik guruhlari tadbirlarini tashkil etish, qonun ijodkorligi masalalarida amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, muhim investitsiyaviy, infratuzilmaviy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar dasturlarni amalga oshirishga koʻmaklashish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Tashrif dasturining asosiy tadbirlari ertaga, 5 fevral kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri oliy darajada muzokaralar oʻtkazadi hamda Oʻzbekiston-Malayziya biznes forumida ishtirok etadi. Sammit yakunida qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo