13:13 / 05.02.2025
58

Ukraina dronlari Kubandagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi

Ukraina dronlari Kubandagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari 5 fevral, chorshanbaga oʻtar kechasi Krasnodar oʻlkasining Novominskaya stanitsasidagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi. Bu haqda mintaqa gubernatori Veniamin Kondratev oʻzining Telegram-kanalida ma'lum qildi.

«UUA boʻlaklari neft mahsulotlarining mayda qoldiqlari boʻlgan rezervuar ustiga tushdi. Yongʻin boshlandi», deb yozadi rasmiy va «yongʻin nazoratga olingani»ni ta'kidladi.

Novominskaya stanitsasida yagona neftni qayta ishlash zavodi — «Albashneft» OAJ joylashgan. U 2010 yilda ochilgan boʻlib, zavod yiliga 320 ming tonnagacha neft mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Neftni qayta ishlash zavodida sigʻimi 9 dan 10,3 ming kub metrgacha boʻlgan sakkizta rezervuar mavjud.

Dronlar kamida 230 km masofani bosib oʻtgan

Korxona Rostov-Don shahridan 115 km janubda va Azov dengizi sohilidan 40 km uzoqlikda joylashgan. U erdan Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostidagi hududgacha boʻlgan masofa 230 kmdan ortiq.

Astra Telegram-kanali korxonadagi yongʻin tasvirini e'lon qildi. Videoga koʻra, kamida bitta yoqilgʻi rezervuari butunlay alanga ichida qolgan. Mahalliy aholining aytishicha, Toshkent vaqti bilan soat 08:15 da yongʻin hali oʻchirilmagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo