
Foto: Reuters
Ozarboyjon hukumati 25 dekabr kuni "Ozarboyjon havoyoʻllari" (AZAL) samolyotini urib tushirgan "Pantsir-S" tizimidan Rossiya raketasining parchasini aniqladi. Bu haqda 4 fevral, seshanba kuni Bokudagi yuqori martabali amaldorga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
«Ozarboyjon tomonida «Pantsir-S» raketasining boʻlagi bor, u samolyotdan olingan va xalqaro ekspertiza davomida aniqlangan», — dedi ismini oshkor qilmaslik sharti bilan u.
Avvalroq Qozogʻiston Transport vazirligi samolyot halokati boʻyicha 53 betlik hisobotni e'lon qilgan edi. Unda aytilishicha, samolyot fyuzelyajidagi «koʻp sonli shikastlanishlar» «tashqi narsalarning kirib borishini» koʻrsatadi. Hujjatda "Pantsir-S" tizimi yoki biron bir raketa haqida gapirilmagan.
Ozarboyjon Transport vazirligi: Parchalar hali ham tekshirilmoqda
Ozarboyjon Raqamli rivojlanish va transport vazirligi Reuters agentligiga hisobotni izohlar ekan, samolyot parvozga toʻliq yaroqli, ammo «tashqi ob'ektlar» ta'siridan shikastlanganini bildirdi.
«Fyuzelyajning shikastlangan joylarida samolyotga tegishli boʻlmagan begona ob'ektlar topildi va olindi; ularning fotosuratlari dastlabki hisobot matnida jamoatchilikka taqdim etildi. Topilgan begona narsalarni aniqlashtirish uchun kelajakda qoʻshimcha ekspertiza oʻtkazish rejalashtirilmoqda», — deya qoʻshimcha qildi Ozarboyjon Transport vazirligi mahalliy Axar portaliga bergan izohida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar