17:07 / 05.02.2025
480

Buyuk Britaniyada gigant baliq tutildi (video)

Buyuk Britaniyada gigant baliq tutildi (video)
Foto: BBC
34 yoshli baliqchi Shon Ing Buyuk Britaniyadagi eng katta laqqa baliqni tutdi. Gigant baliqning vazni 68 kilogramm, uzunligi esa deyarli 2,5 metrni tashkil qiladi.

Baliq shunchalik ogʻir boʻlib chiqdiki, baliqchilar uni oʻlchashga harakat qilganda tarozidagi ilgak bukilib qoldi. Bundan tashqari, laqqa baliq juda kuchli boʻlib chiqdi: u qarmoq uchidagi emni yutib yuborganidan bir yarim soat oʻtgach ham qarshilik koʻrsatishda davom etgan. Uni bir nechta kishi qirgʻoqqa chiqargan.

Rekordchining soʻzlariga koʻra, u bolaligidan baliq ovi bilan shugʻullanadi. Shon Ing bu sohaga qiziqishiga uning bobosi sababchi boʻlgan:

“Bu men uchun sevimli hobbi emas, balki shijoat manbayidir”, deydi u.

Uning ovi rekord darajada kattalik bilan baroridan kelishi Ing uchun kutilmagan voqea boʻldi. Ammo u bolaligidan mamlakatdagi eng katta baliqni tutishni orzu qilgan. Bunday rekord oʻrnatganini bilgan baliqchi niyati amalga oshganidan juda mamnun.

Ushbu ulkan laqqa baliq 2024 yil sentyabr oyi oxirida, Esseks grafligidagi Maldon shahri yaqinidagi koʻlda tutilgan, ammo rekord kuni kecha Britaniya Baliqchilik boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan.

Ginnes rekordlari kitobiga koʻra, musobaqalarda ovlangan eng katta laqqa baliqning vazni 64,86 kilogramm boʻlgan. Rekord 2011 yilning 18 iyunida Richard Nikolas Anderson tomonidan AQShning Virjiniya shtatida oʻrnatilgan. Ingning oʻljasi avvalgi rekorddan deyarli toʻrt kilogramm ortiq, shuning sababli u jahon rekordchilari roʻyxatiga kirish uchun da'vo qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo