![Putindan keyin kim Rossiya prezidenti boʻlishi aytildi](/uploads/posts/2025-02/ap17306720110525.webp)
AQSh matbuoti Rossiya prezidenti Vladimir Putindan keyin mamlakat rahbarligiga kim kelishi borasida kutilmagan taxminni ilgari surdi.
Fox News nashrida chop etilgan maqolaga koʻra, rossiyalik taniqli xokkeychi, “Vashington Kepitalz” (AQSh) klubi sardori Aleksandr Ovechkin Rossiyaning keyingi etakchisi boʻlishi mumkin.
![](/uploads/posts/2025-02/gettyimages-494029073.webp)
Sharhlovchi Duglas Makkinnon yozishicha, Aleksandr Ovechkin dunyoga mashhur sportchilar sirasiga kiradi. U oilaparvar, qoʻli ochiq saxovatpesha va tartib-intizomli inson sifatida tanilgan. Rossiyaning Ukrainaga bosqinchilik urushi boshlanib, dunyo boʻylab rus sportchilariga qarshi nafrat kuchaygan paytda ham uning nomiga soya tushmadi. Eng qizigʻi, Ovechkin Putin bilan iliq munosabatini saqlab qola bildi.
Muallifning ta'kidlashicha, ertami-kechmi, Putin prezidentlikni tark etgach, uning oʻrnini kim egallaydi degan savol oʻrtaga chiqadi. Oʻsha vaqtda mashhurlik, etakchilik kabi sifatlarga ega, ham Rossiya, ham xorijda hurmat qozongan Ovechkin prezidentlikka munosib nomzod boʻlishi mumkin.
![](/uploads/posts/2025-02/920__95_1364194423.webp)
Ovechkin Putinga xayrixoh shaxs deb ta'riflanadi.
Foto: Getty Images
Maqolada sportchi hozirga qadar katta siyosatga yaqinlashmagani, ammo nufuz va obroʻ-e'tibor uni Kremlga etaklashi aytilgan.
Bu yil kuzda 40 yoshga toʻladigan Aleksandr Ovechkin xokkey boʻyicha uch karra jahon chempioni boʻlgan. U prezident Putinga xayrixoh va uning mehrini qozongan shaxs deb ta'riflanadi. Ovechkin 2017 yil noyabr oyida prezidentlik saylovi oldidan Putinni qoʻllab-quvvatlovchi norasmiy Putin Team vatanparvarlik harakatini tashkil qilgan edi. Putin ham xokkeychiga oʻz vaqtida Mercedes mashinasidan tortib servizgacha sovgʻa qilgani ma'lum.
2022 yil fevral oyida Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin ham Ovechkin tinchlikka chaqirgani holda Putin sha'niga nomaqbul soʻz aytmagan.
Avval xabar berganimizdek, ayrim tahlilchilar Ukrainadagi muvaffaqiyatsiz harbiy yurish ortidan Rossiyada hokimiyat almashuvi roʻy berishi haqida yozgan. Ba'zi ekspertlar Putin allaqachon mutlaq hokimiyatni boy bera boshlagani haqidagi farazni ham ilgari surgan. Masalan, rossiyalik siyosatshunos Abbas Gallyamov Putin va uning xos a'yonlari Ukraina urushi muvaffaqiyatsiz tugasa, xorijga qochishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi. Oʻz davrida Putin komandasida faoliyat yuritgan A.Gallyamovga koʻra, qochish operatsiyasi “Nuh kemasi” degan ramziy nom bilan atalgan.
Rossiya sobiq bosh vaziri Mixail Kasyanov esa Putinga xavfsizlik garovi evaziga hokimiyatdan ketish taklifi berilishi mumkinligi haqida aytgandi. Sobiq bosh vazir Xitoy Putinni oʻz himoyasiga olishi va uning xavfsizligini kafolatlashi mumkin boʻlgan yagona davlat ekanini ta'kidlagan.
Ammo Germaniya federal razvedka xizmati rahbari Bruno Kal bu kabi taxminlarni rad etib, Putinning hokimiyati mustahkam ekanini aytgan. Uning fikricha, Rossiyaning Ukraina urushidagi noʻnoqliklari borasida jamoatchilik e'tirozlar bildirmoqda, ammo bu Putinning kursisi liqillab qolganini anglatmaydi.
2023 yilda internetga sizdirilgan AQSh maxsus xizmatlariga tegishli maxfiy hujjatlarda Putin onkologik xastalikka chalingani bayon qilingan.
72 yoshli Putinning shaxsiy hayoti hamda salomatligi Rossiyada taqiqlangan mavzular sanaladi. Rasmiy OAVda mamlakat rahbari muntazam ravishda sport bilan shugʻullanuvchi, sogʻlom hayot tarziga odatlangan shaxs sifatida koʻrsatiladi. Uning jiddiy xastalikka chalingani xususidagi xabarlar ham rad etib kelinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar