![Shakira va Jerar Pikening ajralishiga sabab boʻlgan qulupnayli murabbo...](/uploads/posts/2025-02/a4da981c15fa8a6e457c380e4026857ad0d812ac-b5csoblj.webp)
2025 yil 2 fevral kuni iste'dodi, xarizmasi va betakror uslubi bilan butun dunyoni zabt etgan xonanda Shakira tavallud kunini nishonladi. Undagi maftunkor ovoz, plastik raqslar va Lotin Amerikasi, arab va pop-motivlarning betakror uygʻunligi xonandani zamonaviy musiqa ramziga aylantirdi.
Yulduzning tugʻilishi
Uilyam Mebarak Shadid asli livanlik boʻlib, bolaligidan shifokor boʻlishni orzu qilardi. Biroq u shunchalik shubhaga beriluvchan ediki, risoladagidek ishlashning ham uddasidan chiqa olmasdi, chunki umr boʻyi oʻziga turli kasalliklarni oʻylab topib, ularni davolash uchun ichishi kerak boʻlgan dorilarni ham oʻzi belgilardi.
Keyinchalik u zargarlik buyumlarini sotishga qaror qilib, Nyu Yorkda kichik doʻkon ochadi, ammo omadi kelmaydi. Shaxsiy hayotidagi muammolar esa uni butunlay gangitib qoʻygandi.
Sakkiz farzandni dunyoga keltirgan birinchi xotini vafotidan soʻng, Uilyam Mebarak Kolumbiyadagi Barrankillya shahriga koʻchib oʻtadi va bu erda ham zargarlik doʻkonini ochadi. Unga sotuvchi sifatida yollangan ispan va italyan millatiga mansub yosh Nidiya Ripoll Torrado keyinchalik unga turmushga chiqadi — ularning Shakira Izabel Mebarak Ripoll ismli qizi tugʻiladi.
![](/uploads/posts/2025-02/ebe59ace7b_3100.webp)
Shakira oilaning yagona farzandi boʻlib, lekin otasining oldingi nikohidan sakkizta oʻgay aka-opalari bor edi. U bolaligidayoq qobiliyatlarini namoyon qila boshlagan, musiqa va she'rlarni yaxshi koʻrar, otasiga oʻxshagan yozuv mashinkasi boʻlishini orzu qilardi. Toʻrt yoshidayoq u qorin raqsini shu qadar nafis ijro etardiki, uning raqsi hammaga yoqardi; 7 yoshida u she'r yoza boshlaydi, 8 yoshida esa otasining kasodga uchrashi tufayli birinchi iztirobni boshdan kechiradi. Oʻshanda ota-onasi uydagi hamma narsani sotishga majbur boʻlishgan, hatto konditsionerlarni ham.
Ota-ona qizining odatiy dunyosining tamomila barbod boʻlganini unutishga harakat qilib, Shakirani uysiz bolalar qanday yashayotganini koʻrishga olib borishadi. Qizcha hammasini toʻgʻri tushunadi. Yillar oʻtib qoʻshiqchi muhtoj bolalarga yordam berish uchun xayriya jamgʻarmasini tuzadi.
![](/uploads/posts/2025-02/ec149b738d_3100.webp)
Shakira bolaligidan otasi tez-tez ijro etadigan arab musiqasini tinglagan. Shuningdek, u qorin raqslarini ijro etayotgan qizlarni tomosha qilishni juda yaxshi koʻrardi va ularning harakatlarini juda aniq takrorlardi. Bu san'at keyinchalik uning oʻziga xos xususiyatiga aylandi. 10 yoshida Shakira kuchli ovozi bilan e'tiborni oʻziga jalb qilib, mahalliy tanlovlarda qatnasha boshladi, uch yildan soʻng esa Sony Music Colombia bilan birinchi shartnomasini imzolaydi.
Uning birinchi albomlari muvaffaqiyat qozonmaydi, ammo yosh qoʻshiqchi musiqa yaratishda davom etadi va tanaffusdan soʻng Pies Descalzos albomini taqdim etadi, bu esa uni Lotin Amerikasida mashhur qiladi. Keyingi albom bu muvaffaqiyatni mustahkamlaydi va unda yangragan arab ohanglari yosh xonandaning tashrif qogʻoziga aylanadi.
![](/uploads/posts/2025-02/photo_2025-02-04_21-00-55-qiefj4yn.webp)
Uning ingliz tilidagi “Whenever, Wherever” va “Underneath your Clothes” singllari butun dunyo boʻylab xitga, oʻzi esa mashhur yulduzga aylanadi. U Kolumbiya teleserialida rol oʻynaydi, lekin tez orada kino u uchun emasligini anglaydi.
Ilk umidsizlik
![](/uploads/posts/2025-02/7c12bb7089_3100.webp)
Xonanda birinchi marta aktyor Osvaldo Riosga koʻngil qoʻyadi. U Shakiradan 16 yosh katta boʻlib, seriallarda rol oʻynagan va ikki marta turmush qurgan edi. Tajribasiz qiz esa unda orzusidagi oq otdagi shahzodani koʻrdi. Aktyorning sobiq xotinlaridan biri uni oilaviy zoʻravonlikda ayblab, hatto sud orqali tovon puli undirganiga qaramay, bu holat qizni zarracha tashvishga solmaydi. Darhaqiqat, Osvaldo dastlab xonandaga juda e'tiborli edi: uning barcha istaklarini oldindan sezar, unga chin koʻngildan yaqin odam boʻlib tuyulardi. Biroq uning Shakiraga boʻlgan munosabati butunlay soxta boʻlib chiqdi — u shunchaki qoʻshiqchidan oʻz shuhratini oshirish uchun foydalangandi.
Oʻrgangan koʻngil oʻrtansa qoʻymas deganlaridek, aktyor yana xiyonat koʻchasiga kiradi. Shakira esa buni tushuntirishni talab qilganda Osvaldo odatdagidek yolgʻon gapira boshlaydi. Bu safar Shakira unga ishonmaydi va munosabatlariga nuqta qoʻyadi.
![](/uploads/posts/2025-02/scale_1200-r2bhrtyn.webp)
2000 yilda Shakira Argentina prezidenti Fernando de la Ruaning oʻgʻli Antonio de la Rua bilan tanishadi. Shakira baxtli edi, u intervyularida Antonioni ideal erkak deb ta'riflaydi. Antonio Shakira uchun nafaqat sevgilisi, balki haqiqiy tayanchiga aylanadi. Erkak uning karerasida faol ishtirok etib, biznes maslahatchisi vazifasini bajaradi. Shakira sevgilisiga turmushga chiqishni orzu qilardi, biroq toʻy sanasi haqidagi savollarga doimo hazil bilan javob berardi.
![](/uploads/posts/2025-02/7d21acc359_3100.webp)
Ular tanishganidan bir yil oʻtgach, Antonioning otasi sharmanda boʻlib, prezidentlik lavozimidan chetlashtirilsa ham, Shakira oʻz obroʻsiga putur etkazmaslik uchun yigiti bilan aloqasidan voz kechmadi. Hatto Argentinada albomlarini sotish taqiqlanganda ham e'tibor bermaydi.
Ammo 2011 yilda ular ajralishayotganini e'lon qilishganda hamma hayratda qoldi. Ajralish sabablari ma'lum emas, lekin mish-mishlarga qaraganda, Shakira erining xiyonatidan charchagan. Ajralishdan soʻng Antonio Shakirani sudga berib, uning karerasiga qoʻshgan hissasi uchun 250 (keyinchalik yana 100) million dollar tovon talab qiladi. Biroq sud ularning munosabatlari biznes yuzasidan emas, shaxsiy ekanligini aytib, uning da'vosini rad etadi.
Yolgʻon muhabbat
![](/uploads/posts/2025-02/a21803fd3e_3100.webp)
Koʻp oʻtmay, Shakira ispaniyalik futbolchi Jerar Pike bilan uchrasha boshlaydi. Ular 2010 yilda futbol boʻyicha jahon chempionatining rasmiy madhiyasi boʻlgan Waka Waka klipini suratga olish paytida tanishgan.
Jerar oʻzining xarizmasi va hazilkashligi bilan qoʻshiqchining e'tiborini darhol oʻziga tortdi. Ularning romantikasi tez rivojlanib, ular dunyodagi eng koʻp muhokama qilinadigan juftliklardan biriga aylanadi. Futbolchining oʻzidan 10 yosh kichikligi Shakirani mutlaqo choʻchitmasdi ular haqida nima deyishayotgani unga mutlaqo ahamiyatsiz edi, u Pikeni quyoshim deb atardi.
![](/uploads/posts/2025-02/67a25cf26344b.webp)
U Jerar oʻynaydigan Barselonaga uning ortidan koʻchib oʻtadi. Sobiq sevgilisi Antoniodan farqli oʻlaroq, u sevgidan boshqa hech narsa talab qilmasligidan mamnun edi. Shakira bir necha bor Jerar uning ilhom manbayi boʻlganini ta'kidlagan. 2013 yilda ularning birinchi farzandi Milan, 2015 yilda esa ikkinchi oʻgʻli Sasha dunyoga keladi. Qoʻshiqchiga rasmiy nikoh haqida savollar berilganda, u oila qurish uchun pasportdagi muhr mutlaqo shart emasligini aytardi. Ammo bir kuni Shakira turmush qurishni istamasligi haqidagi bayonoti bilan muxlislarini hayratda qoldiradi.
![](/uploads/posts/2025-02/c07a4d02d5_3100.webp)
Uning soʻzlariga koʻra, u uchun rasmiy nikoh muhim emas, bundan tashqari, Jerardan shubhalanishga asos yoʻq. U ajoyib ota boʻlib, oʻgʻillariga gʻamxoʻrlik qilar, shu bilan birga sevgilisini ham unutmasdi. Jerar Shakira ovozini yoʻqotganda ham, tushkunlikka tushganda ham uni qoʻllab-quvvatladi, uning hissiyotlariga chidadi va yordam kerak boʻlganda doim yonida boʻldi.
Bir kuni kasal otasiga bir necha kun qarab, keyin uyiga qaytgan xonanda muzlatkichdagi qulupnay murabbosining yarmi boʻsh bankasiga koʻzi tushadi... Jerar ham, oʻgʻillari ham bu murabboni umuman eyishmasdi... Shakira u yoʻqligida uyida boshqa ayol boʻlganini va u ayol bu erda bemalol yashaganini darhol tushunadi. 2022 yilda esa er-xotin ajrashishini e'lon qilishadi. Keyinchalik ommaviy axborot vositalari mazkur ajralishga olib kelgan Pikening koʻplab xiyonatlari haqida yozadi.
Qayta oyoqqa turish
![](/uploads/posts/2025-02/e1c0edddf8_3100.webp)
Xonanda intervyularining birida xiyonat sabab uning dunyosi barbod boʻlganini aytadi. “Men oilam uchun, muhabbatim uchun kareramni qurbon qildim va oxir-oqibat oʻzligimni yoʻqotdim” deb tan oladi u. U hafsalasi pir boʻlganini yashirmaydi: “Meni axlatday uloqtirishdi”. Shakiraning aytishicha, u bir necha bor gʻazab, nafrat tuygʻularidan azoblangan. U bu dard bilan yashashga oʻrgandi va nihoyat, qayta tiklanish bosqichiga etdi. Musiqa unga umidsizlik botqogʻidan chiqishga yordam bergan najotbaxsh kuchga aylandi.
![](/uploads/posts/2025-02/610d9d63a9_3100.webp)
Shakira Mayamiga koʻchib oʻtdi, musiqa yozish va oʻgʻillarining tarbiyasiga e'tibor qaratdi, endi u yolgʻiz ona ekanini va kimningdir yordamiga muhtojmasligini anglashga harakat qildi. 2023 yilda qoʻshiqchi bir nechta muvaffaqiyatli treklarni chiqardi va uning Bizarrap bilan hamkorlikda kuylagan qoʻshigʻi YouTube’da koʻrishlar soni boʻyicha rekord oʻrnatdi.
2024 yil bahorida xonandaning yangi munosabatlari haqida mish-mishlar tarqaldi, bu safar “Emili Parijda” teleserialidagi roli bilan tanilgan 31 yoshli aktyor Lyusen Laviskount bilan. Shakira bu gap-soʻzlarga hech qanday izoh bermadi. Bir muncha vaqt oʻtgach, jiddiy munosabatlar hozircha unga mutlaqo begonaligini aytdi.
![](/uploads/posts/2025-02/9ef64f0851e9a4ef3b9c8b8b176a014e_ce_1800x1200x0x0_cropped_510x340-sm3rzee9.webp)
Haqiqatda u olgan saboqlarini unutmagan holda yashashni va karerasini davom ettirishni istaydi. “Men oʻylaganimdan ancha zaifman. Men doim ogʻriqdan qoʻrqardim, chunki chiday olmasam kerak, deb oʻylardim”.
Bir vaqtlar Shakir va Jerar Pike ideal juftlik deb hisoblangan, chunki ular bir kunda tugʻilgan, faqat 10 yil farq bilan, bunday oʻxshashliklar yulduzlar oilasida kamdan kam uchraydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar