75
Rossiya Zelenskiy bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazishga tayyorligini ma'lum qildi
Vladimir Putin Ukraina prezidentini «nolegitim» deya hisoblasa ham Rossiya Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar oʻtkazishdan bosh tortmaydi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
«Janob Zelenskiy oʻzining legitimligi nuqtayi nazaridan de-yure katta muammolarga ega, ammo hatto shunga qaramay, Rossiya tomoni muzokaralar uchun ochiq», — deydi Peskov.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Ukraina rahbariyati bundan «manfaatdorligini namoyon etishi» va Putin bilan aloqaga qoʻyilgan qonunchilik taqiqini bekor qilishi kerak. Aks holda Kreml Zelenskiyning Rossiya prezidenti bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarga tayyor ekani haqidagi bayonotini jiddiy qabul qilmaydi.
«Tayyorlik nimagadir asoslanishi kerak… Shuning uchun hozircha buni quruq gapdan boshqa narsa sifatida qabul qilib boʻlmaydi», — deydi Peskov.
Ukraina prezidenti 4 fevral kuni urushni tugatish uchun Putin bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazishga tayyorligini ma'lum qildi. «Agar bu ukrainlar uchun tinchlikka erishish va odamlarni yoʻqotmaslik yoʻlida yagona konfiguratsiya boʻlsa, albatta, biz bunga boramiz», — degan Zelenskiy. Shu bilan birga, u Putinga nisbatan «mehribon» boʻlmasligi, chunki uni «dushman» deya hisoblashini ta'kidlagan. Zelenskiyning qoʻshimcha qilishicha, muzokaralar stolida Ukraina va Rossiyadan tashqari AQSh va EI ham boʻlishi kerak.
Zelenskiy, shuningdek, britaniyalik jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida agar Ukraina NATOga qabul qilinmasa, yadroviy qurol etarlicha xavfsizlik kafolati boʻlishi mumkinligini ma'lum qilgan. Zelenskiyning qayd etishicha, agar Ukraina NATO a'zosi boʻlmasa, «Putin mamlakat hududidan butunlay chiqib ketishi kerak», shundan soʻng Kiyev barcha yoʻqotishlar uchun moliyaviy kompensatsiya masalasini koʻtaradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar