23:32 / 01.11.2016
7 354

Ikki shaxs o‘z do‘stini sotib yubormoqchi bo‘ldi

Ikki shaxs o‘z do‘stini sotib yubormoqchi bo‘ldi

Moskva shahrida ukrainalik erkak va ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Qalampir.uz” yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ukrainalik fuqarolar 23 yoshli Mariya Oleynik, 22 yoshli Andrey Borodach va 20 yoshli Bogdana Sibulenko (jabrlanuvchining ismi o‘zgartirilgan) Ukrainada tanishgan.

Fuqaro Bogdana Sibulenko kam ta’minlangan oiladan. Onasi nogiron, qaramog‘ida kichik singlisi borligi sabab qiyin vaziyatga tushib qoladi.

Oleynik va Borodach buni bilgan holda Bogdanaga Moskvaga borishi lozimligi, ular enaga bo‘lib ishlashiga yordam berishlarini aytadi.

Moskvaga kelgach esa, Bogdanani ijaraga olingan uyga qamab qo‘yib, fohishalik qilishga majburlashadi. Oradan bir necha hafta o‘tib, “sodiq do‘st”lar Bogdanaga buyragini sotishni maslahat beradi. Qiyinchiliklardan charchagan Bogdana esa bunga rozilik bildiradi.

Aslida esa, xiylagarlarning bu taklifi ham yolg‘on edi. Mariya Oleynik va Andrey Borodach Bogdanani fohishalikka sotib yubormoqchi edilar. Ular haridor topib, unga Bogdana Sibulenkoni 3 ming AQSh dollariga sotib yuborishni rejalashtirishgandi.

Shu yilning 30 oktyabr kuni jinoyatchilar jabrlanuvchi Sibulenko bilan Ilmensk ko‘chasidagi mehmonxonalardan biriga, haridor bilan kelishilgan joyga kelishadi.

Bogdana Sibulenkoning baxtiga, mehmonxonaga haridor ko‘rinishida polisiya xodimi kirib keldi. Jinoyatchilar 3 ming AQSh dollarini qo‘liga olganidan so‘ng, ular daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi.

Fuqarolar Mariya Oleynik hamda Andrey Borodachga qarshi jinoiy ish ochildi. Tergov ishlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ikki shaxs o‘z do‘stini sotib yubormoqchi bo‘ldi