date
views 1 314

Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» terakti boʻyicha tergov yakunlandi

Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» terakti boʻyicha tergov yakunlandi
Foto: Vyacheslav Prokofev/TASS
Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» kontsert zalida sodir etilgan terakt boʻyicha tergov yakuniga etdi. Bu haqda ayblanuvchilardan birining advokati Oleg Vlasov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.

Advokatning soʻzlariga koʻra, tergov harakatlari yakunlangan boʻlib, jabrlanuvchilar birinchi boʻlib ish materiallari bilan tanishishi lozim. Ular soni mingga yaqin ekani sababli, ish tez orada sudga oshirilishi kutilmayapti. Himoyachilarga koʻra, sud jarayoni mart oyi oxirida boshlanishi mumkin.

Terakt tafsilotlari

Hodisa 2024 yil 22 mart kuni Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» kontsert zalida sodir boʻlgan. Tojikiston fuqarolari boʻlgan toʻrt nafar qurollangan shaxs tomoshabinlarga oʻq uzib, binoni yoqqan va soʻng mashinada qochib ketgan.

Terakt oqibatida 145 kishi halok boʻldi, bir necha yuz kishi jarohatlandi. Bu hujum zamonaviy Rossiya tarixidagi eng yirik teraktlardan biri sifatida qayd etildi.

Hujum uchun javobgarlikni IShIDning Afgʻonistondagi «Xuroson Viloyati» guruhi oʻz zimmasiga olgan.

Hibsga olinganlar va surishtiruv natijalari

Huquq-tartibot idoralari teraktni uyushtirish va unga yordam berishda gumon qilingan 20 ga yaqin shaxsni hibsga olgan, ularning koʻpchiligi Tojikiston fuqarolaridir.

Rossiya Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikinga koʻra, ish boʻyicha 27 nafar ayblanuvchi mavjud. Terakt oqibatida halok boʻlganlar soni 146 nafarga, jabrlanganlar esa 551 nafarga etgan.

Migratsiyaga nisbatan kuchaytirilgan choralar

Hodisadan soʻng Rossiya hududida migrantlar uchun ish va yashash sharoitlariga nisbatan nazorat kuchaytirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» terakti boʻyicha tergov yakunlandi
-->