Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vladimir Volodin mamlakatga kiruvchi xorijliklarni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha qonunchilik tashabbusi Davlat Dumasiga taqdim etilishini ma'lum qildi.
Bundan tashqari, u hukumatdan mehnat migratsiyasini tartibga solish hamda migrant oilalarning Rossiyaga kirishi boʻyicha takliflar ishlab chiqishini kutmoqda.
«Migratsiya siyosati toʻliq tartibga solinmaguncha, uni takomillashtirishni davom ettirish zarur. Bu mas'ul tashkilotlar tomonidan yaxshi anglanishi kerak», – deya ta'kidladi Volodin.
Noqonuniy migrantlar soni va ularga qoʻyilgan talablar
2025 yil fevral oyida Rossiya Ichki ishlar vazirligi rahbarining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Gorovoy mamlakat hududida 670 mingga yaqin noqonuniy migrant borligini va ularning asosiy qismi ayollar hamda bolalar ekanini bildirgan.
Shuningdek, 2025 yil yanvar oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan farmonga koʻra, noqonuniy migrantlar 2025 yil 30 aprelgacha mamlakatni tark etishi yoki oʻz huquqiy maqomini qonuniylashtirishi shart. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar