07:44 / 08.02.2025
33

Ukraina harbiylari nega jang maydonini ruxsatsiz tark etmoqda?

Ukraina harbiylari nega jang maydonini ruxsatsiz tark etmoqda?
© AP Photo / LIBKOS
Jangovar harakatlar hududini ruxsatsiz tark etayotgan Ukraina harbiylari soni ortib bormoqda, deb yozadi Polshaning “Onet” nashriga iqtibos keltirgan holda Sputnik.

Maqolada aytilishicha, frontning ba'zi qismlarida kadrlar yetishmovchiligi 50 foizdan oshadi, bu Ukraina Qurolli kuchlari askarlarini tayyorlash uchun foydalaniladigan Polsha oʻquv poligonlarida ham seziladi.

“Nazariy jihatdan, bizda hozirda 90 kishi oʻtirishi kerak, chunki rotada aynan shuncha boʻlishi kerak. <...> Ular esa bor-yoʻgʻi 20 ta. Rotatsiya yoʻq. Mening oldingi chiziqda rotatsiyasiz boʻlish boʻyicha rekordim besh haftadan ortiq. Menda hech boʻlmasa yuvinish uchun bir kun dam ham boʻlmadi”, — deya ukrainalik jangchilardan birining soʻzlarini keltiradi nashr.

Avvalroq Britaniyaning “Financial Times” gazetasi 2024 yilning oʻn oyida Ukraina Qurolli kuchlari safida qochqinlar soni 2022-2023 yillardagi umumiy statistik ma'lumotlarga nisbatan qariyb ikki baravar oshgani, ularga nisbatan 60 ming jinoiy ish ochilgani haqida yozgan edi. Ismi oshkor etilmagan ukrainalik generalga koʻra, eng koʻp qochqinlar piyoda va hujum brigadalari orasida.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo