07:11 / 10.02.2025
422

Umra ziyorati uchun meningitga qarshi emlash talabi bekor qilindi

Umra ziyorati uchun meningitga qarshi emlash talabi bekor qilindi
Saudiya Arabistoni hukumati Umra ziyoratiga keluvchi ziyoratchilar uchun meningitga qarshi majburiy emlash talabini rasman bekor qildi. Bu haqda mamlakatning Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (GACA) barcha aviakompaniyalarga yuborgan koʻrsatmasi orqali ma'lum qildi.

Mazkur qaror Umra safariga otlanishni rejalashtirayotgan ziyoratchilar uchun katta qulaylik yaratishi aniq. Avvalroq, Saudiya hukumati 2025 yil 1 fevraldan boshlab, mamlakatga tashrif buyuruvchi barcha ziyoratchilardan meningitga qarshi emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni talab qilish tartibini joriy etgan edi. Shu talabga koʻra, emlash Saudiya Arabistoniga joʻnab ketishdan kamida 10 kun va koʻpi bilan 3 yil oldin amalga oshirilishi shart edi.

Biroq yangi qarorga muvofiq, endilikda mazkur cheklov kuchini yoʻqotdi. Bu esa ziyoratchilarga tashkiliy ishlar va tibbiy rasmiylashtirish jarayonini ancha yengillashtiradi.

Saudiya hukumati Umra ziyorati uchun belgilangan tartiblar va talablar boʻyicha yangilangan ma'lumotlarni oʻzining rasmiy veb-sayti hamda diplomatik kanallar orqali e'lon qilishda davom etmoqda.

Ziyoratchilarga qulaylik yaratishga qaratilgan ushbu oʻzgarish mamlakatning haj va Umra ziyoratlarini yanada osonlashtirishga boʻlgan intilishini koʻrsatadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo