12:34 / 10.02.2025
1 078

Isroil harbiylari falastinlik homilador ayolni otib oʻldirdi

Isroil harbiylari falastinlik homilador ayolni otib oʻldirdi
Illyustrativ foto: YouTube
Isroil harbiylari bosib olingan Gʻarbiy sohilda hujumlarni kengaytirib, Falastin hududidagi Nur Shams qochqinlar lagerida oʻtkazilgan reydda ikki ayolni oʻldirdi. Ulardan biri sakkiz oylik homilador edi. Bu haqda Al Jazeera'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Harbiylar lagerdagi falastinlik oilaga qarata oʻt ochib, ayolni oʻldirgan va uning turmush oʻrtogʻini ogʻir yaralagan. Tibbiy guruhlar 23 yoshli ayolning homilasini saqlab qola olmagan. Chunki Isroil harbiylari yarador er-xotinni shifoxonaga olib ketishga toʻsqinlik qilgani aytilmoqda.

Ta'kidlanishicha, 21 yoshli ayol ham oʻz uyida isroillik harbiylar tomonidan oʻldirilgan. Falastinning Wafa agentligi Isroil armiyasi 9 fevral kuni Gʻarbiy sohilning Tulkarem provintsiyasidagi lagerga bostirib kirgani va ogʻir texnika hamda buldozerlarni joylashtirganini ma'lum qildi.

Avvalroq Falastin Qizil yarim oy jamiyati qurbonlar haqidagi xabarlarga qaramay, Isroil askarlari oʻz tibbiy guruhlarining lagerga kirishiga toʻsqinlik qilganini aytgandi. Isroil armiyasi yuqoridagi holatlar boʻyicha tekshiruv olib borayotganini ma'lum qildi. Lagerda “buzgʻunchi faoliyat”ga qarshi operatsiya oʻtkazayotganini da'vo qilgan Isroil, hududda komendantlik soati joriy etgan.

Soʻnggi bir necha hafta ichida hujumlar oqibatida 26 mingdan ortiq falastinlik Jenin va Tulkaremdagi uylaridan koʻchirildi. Oʻtgan oyda Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish e'lon qilinganidan beri Isroil bosib olingan Gʻarbiy sohil boʻylab hujumlar chastotasi va intensivligini oshirdi.

Isroil askarlari oʻnlab oilalarni majburan koʻchirganidan bir kun oʻtib, fuqarolarning uylariga reydlar davom etmoqda, ularning ba'zilari maktablarda boshpana topmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo