![Tramp Putin bilan telefon orqali suhbatda nimalarni muhokama qildi?](/uploads/posts/2025-02/f6a49c6169_maxresdefault.webp)
AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali uzoq suhbatlashdi. Bu haqda Donald Tramp ma'lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.
Amerika prezidenti suhbatni “uzoq davom etgan juda samarali” deb ta'rifladi. Uning soʻzlariga koʻra, ikkala etakchi ham Rossiya va Ukraina mojarosida odamlar oʻlimini toʻxtatish kerakligi haqida kelishib olgan.
"Biz, shuningdek, tegishli jamoalarimiz zudlik bilan muzokaralarga kirishishi haqida kelishib oldik", dedi Tramp.
Amerika prezidenti dastlabki harakatlarni “Ukraina prezidenti Zelenskiyga qoʻngʻiroq qilib, boʻlib oʻtgan suhbat haqida uni xabardor qilishdan boshlashi”ni ta'kidladi.
Tomonlar, shuningdek, quyidagilarni muhokama qildilar:
- Yaqin Sharq;
- energetika;
- sun'iy intellekt;
- dollar ta'siri.
"Biz ikkimiz ham xalqlarimizning buyuk tarixi va Ikkinchi jahon urushida birgalikda muvaffaqiyatli jang qilganimiz haqida oʻyladik", deb yozgan Tramp.
Muzokaralar oʻtkazilganini Kreml ham tasdiqladi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, davlat rahbarlari qariyb ikki soat suhbatlashgan. Putin Trampni Moskvaga taklif qilgan.
"Rossiya prezidenti AQSh prezidentini Moskvaga taklif qildi va oʻzaro manfaatli ish yoʻnalishlari, jumladan, Ukraina masalasini hal qilish mavzusi boʻyicha Amerika rasmiylarini Rossiyada qabul qilishga tayyorligini bildirdi", deydi Peskov.
New York Post nashri 9 fevral kuni Tramp rossiyalik hamkasbi bilan telefon orqali Ukrainadagi urushni yakunlashni muhokama qilgani haqida yozgan edi. Tramp ikki etakchi oʻrtasidagi suhbat qancha davom etganini ma'lum qilmagan. AQSh prezidenti jang maydonida harbiylarning halok boʻlishi Putinni “chindan ham tashvishga solayotgani”ni ta'kidlagan. AQSh prezidenti urushni tugatishga yordam beradigan “aniq rejasi” borligini aytib, tafsilotlarni keltirmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar