23:20 / 13.02.2025
37

Hindistonlik milliarder Mukesh Ambani oilasi Osiyoda eng badavlat deb topildi

Hindistonlik milliarder Mukesh Ambani oilasi Osiyoda eng badavlat deb topildi
Foto: Bloomberg
Hindistonlik milliarder Mukesh Ambani oilasi Bloomberg agentligi tomonidan tuzilgan Osiyoning eng badavlat 20 ta oilasi reytingida birinchi oʻrinni egalladi.

Roʻyxatdan shuningdek, Hindiston, Tailand, Xitoy, Indoneziya, Malayziya va boshqa davlatlarning badavlat oilalari oʻrin olgan. Hindistondagi Reliance Industries konglomeratiga egalik qiluvchi Ambani oilasi 90,5 milliard dollarlik moliyaviy aktivlari sabab roʻyxatda birinchi oʻrinni egalladi.

Reytingda ikkinchi oʻrin 42,6 milliard dollar boylikka ega Tailanddagi Cheravanont oilasiga nasib etdi — ular oziq-ovqat mahsulotlari va Osiyodagi etakchi telekommunikatsiya biznesi bilan shugʻullanuvchi Charoen Pokphand kompaniyalar guruhiga egalik qiladi. Indoneziyalik bankir Xartono esa 42,2 milliard dollarlik kapital bilan uchinchi oʻrinni band etdi. Bloomberg Ambanidan tashqari roʻyxatga yana oltita hind milliarderlari oilasi ham kiritgan.

Hindistondagi milliarderlarning jami boyligi oxirgi 10 yil uch barobarga oshgan va hozirda 905,6 milliard dollarni tashkil etmoqda. Shveytsariyaning UBS Group moliyaviy holdingi ma'lumotlariga koʻra, bu vaqt ichida hind milliarderlari soni ikki barobardan ziyodga oshgan va 300 ga yaqinlashgan.

Mamlakatda ayni vaqtda kapitali 1 milliard dollardan oshadigan 108 ta oilaviy korxona roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich orqali Hindiston dunyodagi top-3 likka kiritilgan. Oilaviy biznes Hindistonning iqtisodiy oʻsishida muhim rol oʻynagan va mamlakatning iqtisodiy oʻzgarishiga sezilarli ta'sir koʻrsatgan. Urbanizatsiya, sanoat salohiyatining oʻsishi va Hindistonning yashil energiyaga oʻtishi kabi omillar hind milliarderlari sonining sezilarli darajada oshishiga olib kelgan.

Prognozlarga koʻra, yaqin oʻn yilda Hindistondagi milliarderlar soni Xitoyda 2020 yilgacha kuzatilgan holat kabi oʻsishda davom etadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo