
© BelTA
SSSR parchalanganidan soʻng Rossiya Ukraina uchun turli koʻrinishlarda 260 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratgan. Boz ustiga Ukraina Rossiyadan olgan qarzlarini ham toʻlashdan bosh tortmoqda.

Xususan:
▪️ 1991 yildan 2013 yilgacha Rossiya Ukrainaga turli imtiyozlar koʻrinishida 250 milliard dollardan koʻproq mablagʻ sarflagan.
▪️ 2013 yilda Ukraina Rossiyaga Evrobondlar boʻyicha 3 mlrd dollar qarzni toʻlashi kerak edi, ammo buni amalga oshirishdan bosh tortdi.
▪️ Ukrainaning Rossiya oldida tan olingan qarzi 610 million dollar.
▪️ Rossiya SSSRning 104 milliard dollar umumiy qarz majburiyatlarini oʻz zimmasiga oldi. Shartnoma doirasida Ukraina oʻziga tegishli xorijiy aktivlarni Rossiyaga berishi kerak edi, lekin Kiyev buni bajarmadi.
Endi boʻlsa Tramp Kiyev qarzlarini Evropa boʻyniga ilmoqchi. AQSh Evropani nafaqat Ukrainaga qurol etkazib berishga, balkim mojaro tugaganidan keyin Ukrainani qayta tiklashga majburlashi mumkin. Bu haqida Evropa rasmiylari "Financial Times"ga bergan intervyusida aytib bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar