
Foto: Global Look Press
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning Ukraina foydali qazilmalariga kirishi toʻgʻrisidagi shartnoma haqida “bizni va manfaatlarimizni himoya qilmaydi” dedi. U bu haqda Myunxen xavfsizlik konferentsiyasida jurnalistlar bilan suhbatda aytib oʻtdi, deb yozmoqda Daryo nashri.
Zelenskiyning ta'kidlashicha, u vazirlarga mazkur hujjatni imzolamaslikni buyurgan, chunki sifati uni qoniqtirmagan.
“Menimcha, u hali tayyor emas. U bizni va manfaatlarimizni himoya qilmaydi. Ukrainaga investitsiyalar haqida gapirish men uchun juda muhim. Bu yuridik jihatdan toʻgʻri tuzilishi kerak. Agar barcha masalalar ushbu xavfsizlik kafolatlari bilan bogʻliq boʻlsa, bundan keladigan foyda qanday taqsimlanishi haqida oʻylash mumkin. Ammo hozircha hujjatda bu bogʻliqlikni koʻrmayapman”, dedi u.
Prezident aniqlik kiritishicha, AQShning foydali qazilmalarga kirishi boʻyicha kelishuv Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bilan bogʻliq boʻlishi kerak edi.
Zelenskiy Ukraina mineral resurslarining 50 foiziga boʻlgan huquqlarni AQShga bermoqchi emas
Ukraina prezidenti tegishli kelishuvni imzolashdan bosh tortdi. U, shuningdek, AQSh vakillari bilan Ukraina konstitutsiyasiga muvofiq tayyorlangan togʻ-kon boʻyicha kelishuv boʻyicha oʻz taklifini muhokama qildi.
AQSh senatori Brayan Shas Ukraina prezidenti bilan uchrashuvdan soʻng Trampning taklifini “yaxshilash zarurligini” aytdi, biroq tafsilotlar haqida gapirishdan bosh tortdi. U, Zelenskiyning “kelishuvning bir tomonlamaligi haqidagi da'volari adolatli” ekanini ta'kidladi.
Xavfsizlik kafolatlari evaziga Ukraina resurslaridan foydalanish
Trampning soʻzlariga koʻra, u Zelenskiy bilan Rossiya bilan boʻlajak tinchlik shartnomasida xavfsizlik kafolatlari evaziga amerikalik investorlarga Ukrainadagi nodir metallar konlari va gaz konlariga kirish huquqini berish boʻyicha 500 million dollarlik kelishuv tuzmoqchi.
Gʻarbga Ukrainada foydali qazilmalarni qazib olish huquqini berish haqida Zelenskiy 2024 yil kuzida AQSh prezidentligiga oʻsha paytdagi nomzodlar Donald Tramp va Kamala Harrisga taqdim etgan “gʻalaba rejasi”da ham aytilgan.
3 fevral kuni Tramp bu variant haqida yana gapira boshladi, bu Gʻarb siyosatchilari va ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuvga sabab boʻldi. 7 fevral kuni Zelenskiy Reuters agentligiga bergan intervyusida AQSh Ukraina tabiiy resurslarini oʻzlashtirishda ustuvorlikka ega boʻlishini, chunki “amerikaliklar hammadan koʻproq yordam berganini” aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar