09:50 / 17.02.2025
806

AQSh-Rossiya muzokaralari 18 fevral kuni Ar-Riyodda boʻlib oʻtadi

AQSh-Rossiya muzokaralari 18 fevral kuni Ar-Riyodda boʻlib oʻtadi
Foto: Reuters / Nathan Howard / Evgenia Novozhenina
18 fevral, seshanba kuni Saudiya Arabistonida AQSh va Rossiya vakillarining Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha muzokaralari boʻlib oʻtadi. Bu haqda Amerikaning Axios portali 17 fevral, dushanbaga oʻtar kechasi manbalarga tayanib xabar berdi.

Rossiya va AQSh delegatsiyalarining tarkibi

Axios manbalariga koʻra, AQSh delegatsiyasi tarkibiga davlat kotibi Marko Rubio, Oq uyning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Mayk Uolts va Donald Trampning Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Stiv Uitkoff kiradi. U yakshanba kuni Fox News telekanalida Uolts bilan 16 fevral kuni kechqurun Saudiya Arabistoniga borishini aytdi. Rubio u erga 17 fevral kuni Isroilga tashrifidan soʻng keladi, deb yozadi Axios.

Rossiya delegatsiyasining aniq tarkibi ma'lum emas. Katta ehtimol bilan uning tarkibiga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham kiradi, deb hisoblaydi Axios. Bloomberg agentligiga koʻra, u erda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov va Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin ham boʻladi. Bundan tashqari, muzokaralarni Rossiya toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi rahbari, AQShda tahsil olgan va ishlagan Kirill Dmitriyev boshqarmoqda.

«Kommersant» gazetasi ham 16 fevral kuni manbalarga tayanib, muzokaralar seshanba kuni Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtishi haqida xabar berdi. Nashr aniq manzilni ham keltirgan: Ar-Riyod.

Ukraina muzokaralarda ishtirok etadimi?

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 15 fevral kuni Kiyev Saudiya Arabistonidagi uchrashuvga taklifnoma olmaganini aytdi. Tramp bir kun oʻtib Ukraina rahbari urushni tugatish boʻyicha muzokaralarda ishtirok etishini aytdi. Uitkoff ham xuddi shunday dedi. Rubio CBS telekanaliga bergan intervyusida har qanday «haqiqiy muzokaralar»da Ukraina ham, Evropa davlatlari ham ishtirok etishini aytdi.

Zelenskiyning oʻzi rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga 16 fevral kuni kechqurun etib keldi. FlightAware ma'lumotlariga koʻra, yakshanba kuni Ukraina prezidentining samolyoti Myunxendan Polshaning Jeshuv-Yasyonka aeroportiga, soʻngra Abu-Dabiga uchgan. U erdan Ar-Riyodga parvoz ikki soatni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo