
Foto: Getty images
Meta kompaniyasi butun dunyo boʻylab 50 ming kilometrli suvosti kabelini tortish rejasi haqida e'lon qildi, deb xabar beradi BBC.
Texnologik gigantning ma'lum qilishicha, Waterworth loyihasi AQSh, Hindiston, Janubiy Afrika, Braziliya va boshqa mintaqalarni oʻzaro bogʻlaydi. U tarixdagi eng uzun suvosti kabeli boʻlishi kutilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Meta ijtimoiy tarmoqlardan tashqari, sun'iy intellekt (SI) va uni qoʻllab-quvvatlovchi infratuzilmalar sohasidagi ishtirokini ham kengaytirishga urinmoqda. Kompaniyaga koʻra, uning yangi kabeli beshta qit'ani bir-biri bilan bogʻlaydi va SI sohasidagi loyihalarni rivojlantirishga yordam beradi.
«Loyiha iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi, raqamli texnologiyalarni yoyishga koʻmaklashadi va ushbu mintaqalardagi texnologik rivojlanish imkoniyatlarini ochadi», — deyiladi korporatsiya xabarida.
Mazkur loyiha haqida oʻtgan yilning dekabrida ma'lum boʻlgandi. Oʻshanda kompaniya rejasini amalga oshirish uchun 10 millirad dollar investitsiya talab etilishi taxmin qilingandi.
Meta internet kabellarini tortish boʻyicha boshqa loyihalarda, jumladan, Echo i Bifrost, Havhingsten, Amite i Anjana’da ham ishtirok etib keladi. Bundan tashqari, kompaniya ayni vaqtda dunyodagi eng uzun kabel tizimi — 2Africa’ning asosiy egasi hisoblanadi. Yanvar oyida Meta Tayvan va AQShni bogʻlab turuvchi ORCA internet kabelini tortishi toʻgʻrisida xabar berilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar