
Isroilda Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish va asir almashish boʻyicha kelishuvning ikkinchi bosqichi muzokaralari boshlangan bir paytda, Tel-Aviv rahbariyati ushbu kelishuvga putur etkazishi mumkin boʻlgan yangi shartlarni ilgari surilayotgani da'vo qilinmoqda.
19 yanvar kuni kuchga kirgan HAMAS va Isroil oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish va asir almashish kelishuvining birinchi bosqichi 42 kun davom etdi. Bu vaqt ichida Isroil qamoqxonalaridan 1135 nafar falastinlik ozod etilgan boʻlsa, Gʻazoda ushlab turilgan 19 nafar isroillik mahbus qaytarilgan.
Isroil rasmiy ma'lumotlariga koʻra, hozirda Gʻazoda 73 nafar isroillik mahbus bor boʻlib, ularning yarmidan koʻpi tirik ekani taxmin qilinmoqda.
Kelishuvga muvofiq, 3 fevralda boshlanishi rejalashtirilgan ikkinchi bosqich muzokaralari kechikmoqda. Netanyaxu hukumati tomonidan ilgari surilayotgan yangi shartlarning bu jarayonga qanday ta'sir qilishi hozircha noma'lum.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar