
Falastinning HAMAS harakati, agar doimiy oʻt ochishni toʻxtatish va Isroil qoʻshinlari Gʻazo sektoridan toʻliq chiqib ketishiga olib keladigan kelishuvga erishilsa, ikkinchi bosqichda qolgan barcha isroillik garovga olinganlarni ozod qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda harakat matbuot kotibi Hazim Qosimga tayanib, Al Jazeera xabar berdi.
"Agar doimiy oʻt ochishni toʻxtatish va Gʻazo sektoridan qoʻshinlarni toʻliq olib chiqishga olib keladigan kelishuvga erishilsa, bunday holatda mahbuslar bir yoʻla almashadi. Biz ushbu shartlari boʻlgan ikkinchi bosqichga tayyormiz", – dedi Hazim Qosim.
Avvalroq, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi Qohirada oʻtgan muvaffaqiyatli muzokaralardan soʻng Isroil 22-fevral kuni Gʻazodan olti nafar garovga olingan kishining ozod etilishini, shuningdek, kelasi payshanba kuni toʻrt nafar halok boʻlgan garovga olinganlarning jasadlari topshirilishini kutayotganini tasdiqlagan edi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil 15-yanvar kuni Misr, Qatar va AQSh vositachiligida Isroil va HAMAS Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish va garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha kelishuvga erishgan edi. Uch bosqichni oʻz ichiga olgan ushbu kelishuv 19-yanvar kuni kuchga kirdi. Kelishuvning 42 kunlik birinchi bosqichida HAMAS Isroil qamoqxonasidagi falastinlik mahbuslar evaziga 33 nafar garovdagilarni ozod qilishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar