22:31 / 19.02.2025
688

Tramp Zelenskiyni “saylovsiz diktator” deb atadi

Tramp Zelenskiyni “saylovsiz diktator” deb atadi
Foto: Sky News
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻzining past reytingiga qaramay, saylovlar oʻtkazishdan bosh tortayotganini AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻida ma'lum qildi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Tramp, shuningdek, ukrainalik hamkasbini “diktator” deb atadi.

"Saylovsiz diktator. Zelenskiy tezroq harakat qilishi kerak, aks holda uning mamlakati butkul tamom boʻladi. Biz Rossiya bilan urushni tugatish boʻyicha muzokaralarni muvaffaqiyatli olib bormoqdamiz. Buni faqat Tramp va uning ma'muriyati uddalay olishini barcha e'tirof etdi", deydi AQSh etakchisi.

U “Ukrainani yaxshi koʻrishi, biroq Zelenskiy juda yomon ish qilgani sababli uning mamlakati vayron boʻlgani va millionlab odamlar sababsiz halok boʻlgani”ni qoʻshimcha qildi.

Trampning ta'kidlashicha, Zelenskiy AQShni “hech qachon boshlanmasligi kerak boʻlgan, gʻalaba qozonib boʻlmaydigan urush uchun” 350 milliard dollar ajratishga koʻndira olgan.

Amerika rahbarining aniqlik kiritishicha, ushbu summa Evropa Ukraina uchun sarflagan miqdordan 200 milliard dollarga koʻp hamda Zelenskiy AQShdan olingan mablagʻning yarmi yoʻqolganini tan olgan.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vashington Kiyevga goʻyoki 500 milliard dollarlik yordam bergani haqidagi ma'lumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini aytgan edi.

"Bizda butunlay boshqa raqamlar mavjud. Bizda hamma narsa juda aniq. Urush bizga 320 milliard dollarga tushdi. 120 milliard — bu biz, Ukraina xalqi, soliq toʻlovchilar. 200 milliard — bu AQSh va Evropa ittifoqdoshlari. Bu qurol-yarogʻ toʻplamlari. AQSh bizga taxminan 67 milliard dollarlik qurol-yarogʻ va 31,5 milliard dollarni byudjetga toʻgʻridan toʻgʻri moliyaviy yordam sifatida bergan", deya aniqlik kiritdi Ukraina etakchisi.

Shu bilan birga, Zelenskiy goʻyoki 500 milliard dollarlik yordam va uni minerallar yoki boshqa resurslar bilan qaytarish haqidagi bayonotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini qoʻshimcha qildi.

Alohida dasturlar ham boʻlgan, albatta, biz insonparvarlik yordami uchun minnatdormiz, ammo yordamning umumiy qiymati 500 milliard dollarni tashkil etdi, deb aytib, uni minerallar yoki boshqa narsalar bilan qaytarishni talab qilish mumkin emas. Bu jiddiy gap emas. Biroq biz jiddiy hujjatga tayyormiz. Bizga xavfsizlik kafolatlari kerak, deydi siyosatchi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo