15:28 / 20.02.2025
752

AQSh osmonida samolyotlar yana toʻqnashdi (video)

AQSh osmonida samolyotlar yana toʻqnashdi (video)
Foto: AP Photo
AQShning Arizona shtati osmonida 19 fevral kuni kichik samolyotlar toʻqnashdi. Oqibatda ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Har bir samolyot bortida ikkitadan odam boʻlgan. Toʻqnashuv Tuson shahri yaqinida sodir boʻlgan. Toʻqnashuvdan soʻng Cessna 172 samolyoti xavfsiz qoʻnishga muvaffaq boʻlgan. Biroq Lancair 360 MK II uchish-qoʻnish yoʻlagi yaqinida erga qulab, yonib ketgan.

Halok boʻlgan ikki kishi shu samolyot bortida boʻlgani aytilmoqda. Oʻt oʻchiruvchilar yongʻinni tezda oʻchirgan.

AQShda yuz bergan soʻnggi aviahalokatlar

25 yanvar Alyaska yarim orolida AQShning F-35A qiruvchi samolyoti qulab tushdi. Uchuvchi katapulta qilishga ulgurdi va tirik qoldi.

30 yanvar kuni ertalab American Airlines yoʻlovchi samolyoti Vashington aeroporti yaqinida harbiy vertolyot bilan toʻqnashdin, soʻngra Potomak daryosiga quladi. Oqibatda hech kim omon qolmadi, 5 fevral kuni aviahalokatda halok boʻlgan barcha 67 kishining jasadi Vashingtondagi daryodan olib chiqildi.

1 fevral kuni AQShning Filadelfiya shahrida aviahalokat yuz berdi: tez tibbiy yordam samolyoti turar-joy hududiga qulab tushdi, uylar va avtomobillarga zarar etdi.

7 fevral kuni bortida 10 kishi boʻlgan samolyot Alyaskada gʻoyib boʻldi.

11 fevralda esa Arizonadagi aeroportda ikkita samolyot toʻqnashib ketdi. Favqulodda vaziyat oqibatida bir kishi halok boʻldi, yana uch kishi jarohat oldi.

12 fevralda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining samolyoti San-Diyego koʻrfaziga qulab tushdi. Aviahalokat Nort-Aylend harbiy aviabazasi yaqinida yuz bergan. Samolyot bortida ikki kishi boʻlgan. Ularni baliq ovlash kemasi qutqarib qolgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo