21:35 / 20.02.2025
515

Filippinda oʻldirilgan chivinlar uchun pul toʻlash boshlandi

Filippinda oʻldirilgan chivinlar uchun pul toʻlash boshlandi
Foto: EPA
Manila shahri yaqinida joylashgan Addishn-Xills qishlogʻida oʻldirilgan har beshta chivin uchun 1 pesodan (qariyb 220 soʻm) pul toʻlash boshlandi, deb xabar beradi The Guardian.

Qayd etilishicha, shu orqali rasmiylar hasharotlar orqali tarqaladigan virus — denge bezgagiga qarshi kurashga oʻz hissalarini qoʻshmoqchi.

Filippinda bezgak bilan kasallanish holatlari ortmoqda. Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, birgina yanvar oyida 28 mingta yangi kasallik holati qayd etilgan — bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga koʻp.

Addishn-Xills tashabbusi milliy hukumat e'tiborini tortdi va ular bundan xursand emas. Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillarining ta'kidlashicha, «chivin evaziga pul» dasturi aks natijani keltirib chiqarishi mumkin. Ular odamlar pul topish uchun chivin koʻpaytirishni boshlab yuborishlari mumkinligidan xavotirda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo